Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni suriştiruv va tergov organlari uçun kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş böyiça rejalar taqdimoti bilan tanişdi.

Tegişli idoralar mutasaddilari tergov va dastlabki suriştiruvlarni olib borişdagi muammoli omillar, yangi paydo bölayotgan tahdid va jinoyat turlarini hisobga olgan holda tergovçi kadrlarning salohiyatini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Xususan, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, iqtisodiy jinoyatçilik hamda kibermakonda yoki axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qiliş böyiça faoliyatning metodik ta’minotini takomillaştiriş muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbari zamon talablari va xalqaro standartlar asosida suriştiruv hamda tergov idoralari uçun professional kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini uzluksiz oşirib borişning yangi samarali tizimini yaratiş böyiça topşiriqlar berdi.