Kun.uz xodimlari 30-31 iyun kunlari dam oliş kunlaridan unumli foydalanib, Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida joylaşgan, Özbekistonning eng baland nuqtalaridan biri bölgan Hazrati Sulton çöqqisiga sayohat qildik. Sayohatimiz davomida Davlat ekologiya qömitasi tasarrufidagi «Hisor» davlat qöriqxonasi xodimlari bizga hamrohlik qilişdi.

Hazrati Sulton çöqqisi Şahrisabz va Kitob şaharlaridan 100 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Çöqqi ostonasigaça yöltanlamas maşinalar bora oladi.

Çöqqigaça bölgan masofada tabiatning gözalligiga til ojiz qoladi. Toğ daralaridan zilol suvli daryo oqadi. Toğ yonbağirlari arçalar bilan qoplangan. Hamma yoq yam-yaşil bölib turibdi.

Çöqqi atrofi yil davomida qor bilan qoplanib turadi va ular iyul oyiga kelib erib ketadi. Şu sababli çöqqiga çiqiş uçun iyul-avgust oylarida 30-40 kunga ruxsat beriladi.