Toşkent tumanida “Toşkenttumangaz” servis xizmati xodimi Doniyor Hamidov 700 dollar va 300 ming söm pora olayotganda huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olindi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2022 yilning iyul oyida “Nanila Farm” MÇJ rahbari D.Hamidovdan yangi gaz hisoblaş uskunasini örnatişda kömak berişini va 13 mln söm miqdoridagi qarzdorlikni yopib berişini söragan.

MÇJ rahbari bundan avvalroq “Toşkenttumangaz” boşliği Ilhom Yoqubovga yordam sörab murojaat qilgani, ammo undan rad javobini olgani aytilmoqda.

D.Hamidov esa tadbirkorning takroriy qönğiroq va iltimoslaridan söng masalani hal qilişda kömaklaşişga qaror qiladi va mukofot sifatida 8 mln söm söraydi. Tuman oşxonalaridan birida kelişilgan summani olayotgan vaqtda, u huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olingan.

Vaziyatni örganiş davomida aniqlanişiça, “Nanila Farm” MÇJ tabiiy gazdan qarzdorligi uçun gaz ta’minoti tarmoğidan uzib qöyilgan. Bugungi kunda, öziga yuklatilgan vazifaga lozim darajada yondaşmagani va beparvo munosabatda bölgani uçun “Toşkenttumangaz” boşliği Ilhom Yoqubov bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan. Servis xizmati xodimi Doniyor Hamidovga nisbatan örnatilgan tartibda jinoiy iş qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hududgaztaminot” gaz ta’minoti xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda zudlik bilan 1104 qisqa raqamiga murojaat qilişni yoki Facebook'dagi “Gaz ta’minotidagi muammolar va ularni hal etiş yöllari” guruhiga xabar yuborişni söramoqda.

Kompaniyaning qayd etişiça, bugungi kunda tizimda zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilgan bölib, bunda inson omilining ta’sir doirasi mavjud emas.

“Xodimlar tabiiy gaz hisobining avtomatlaştirilgan tizimiga kiriş, şuningdek gaz iste’moli hajmlari körsatkiçlarini kamaytiriş imkoniyatiga ega emas. Şu bois har qanday noqonuniy kelişişlar befoyda va mantiqsizdir”, deyiladi bayonotda.