Tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ular tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş sohasida davlat siyosatiga kömaklaşiş jamğarma asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Jamğarma boşqaruvi oliy organi kengaş bölib, uning tarkibi prezident tomonidan tasdiqlanadi. Jamğarma faqat: Özbekiston hududida röyxatdan ötgan va faoliyatini amalga oşirayotgan; tugatiliş bosqiçida bölmagan; bankrotlik tartibi qözğatilmagan; murojaat sanasidan kreditlar, soliqlar böyiça muddati ötgan qarzdorligi mavjud bölmagan qarz oluvçilar loyihalari böyiça kompensatsiya beradi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari qarz oluvçilar tomonidan kafillik, kompensatsiyalar berilişi va tölovlar tölanişi şartlari, maqsadlari va tartibiga rioya etilişini tekşiradi.











