Toşkent şahrining Yangihayot tumanidagi Çortoq mahallasi hududida çiqindi bilan boğliq holat aniqlandi.
Hududga örnatilgan kamera obektiviga "Matiz" transport vositasi oynasidan belgilanmagan joyga noqonuniy tarzda çiqindi uloqtirib taşlab ketgan vaziyat muhrlangan.
Uşbu holat yuzasidan davlat inspektorlari olib borgan sa’y-harakatlari natijasida avtomobil davlat raqami orqali huquqbuzar şaxsiga aniqlik kiritildi. Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi va jarima belgilandi.
Şuningdek, haydovçiga holat takrorlanmasligi yuzasidan tuşuntiriş berilgan.
“Hurmatli yurtdoşlar, çiqindilarni duç kelgan joyga taşlab özingiz va yurtdoşlarimiz oldida mulzam bölmang”, deyiladi poytaxt Ekologiya boşqarmasi xabarida.
MJtKga köra, belgilanmagan joylarga çiqindi taşlaş fuqarolarga 1-3 BHM (300-900 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi.

















