Tayvanda raketalar işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi harbiy mansabdor Ouyan Lisin jonsiz holda topildi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, Ouyan Lisin Pindun uyezdida ötkaziladigan tadbirda qatnaşiş uçun xizmat safarida bölgan. U belgilangan vaqtda körinmagan. Mahalliy vaqt bilan soat 7:20da yordamçisi uni mehmonxonadagi xonasida jonsiz holda topgan. 

Politsiya xonani va mehmonxona kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni diqqat bilan közdan keçirgan. Ouyan Lisinning xonasiga heç kim kirmagani aniqlangan, tanasida esa kuraş yoki jarohat izlari topilmagan. Uning oila a’zolari sözlariga köra, 57 yoşli amaldorning yuragida muammo bölgan. 

Agentlikning ma’lumot berişiça, Ouyan Lisin ilgari Tayvan mudofaa vazirligi tarkibiga kirgan Çjunşan fan va texnologiya instituti (NCSIST) bölim boşliğining örinbosari bölgan. Institut 2014 yilda bevosita orol hukumatiga böysunuvçi ma’muriy korporatsiyaga aylantirilgan.

NCSIST mudofaa texnologiyalari va qurol işlab çiqiş, işlab çiqariş va sotiş bilan şuğullanadi hamda texnologiyalar va ma’lumot almaşiş sohasidagi xalqaro hamkorlik uçun mas’ul. 

Ouyan Lisin joriy yil boşida uşbu lavozimga tayinlangan bölib, raketalar işlab çiqiş va işlab çiqariş sohasidagi loyihalarga rahbarlik qilgan. U Vaşington universitetida doktorlik darajasini olgan va ilgari Tayvan qurolli kuçlari tizimida işlagan.