"Turmuş örtoğim vafot etib, beş farzand bilan qoldim. Tört qizdan keyin tuğilgan öğlim oqqonga çalingan. Davolatiş uçun Rossiyada işladim. Uyimiz yöq, ijarada yaşaymiz", - deydi böğzida faryod tölgan ona.
Musofirçilik, uysizlik, yolğizlik bukolmagan onani yiğlatgan dard
Beş farzand bilan beva qolgan Rohila Esonovaning körmagani qolmagan. Musofirçilik, uysizlik, yolğizlikni sabr bilan ötkazayotgan ayol uçun farzandi bilan sinaliş ham bor ekan. Tört qizdan keyin dunyoga kelgan öğilda oqqon xastaligi aniqlangan. Uni davolatiş uçun Rossiyada işlab pul yuborib turganda farzandining ahvoli oğirlaşgani haqidagi xabar uni Özbekistonga qaytişga majbur qiladi.
“Öğlimga ilik köçiriş operatsiyasi tavsiya qilingan. Prezident qarori bilan Isroilda bu amaliyotni ötkazişga yöllanma berilgan. Lekin öşa vaqtgaça bolamni davolatişim uçun mablağim yöq. Uyimiz yöq, ijarada yaşaymiz. Hozir özim işlay olmayapman, lekin muolajalarimiz davom etişi kerak”, - iztiroblari közyoşlarida aks etayotgan onaning nolasi yurakni örtaydi.
Behzod Töliboyevga oid ma’lumotlar:
Özkard: 8600 0417 7148 8401 opasi Nasiba Yöldoşeva nomida
Özkard: 8600 0604 9626 5100 opasi Nasiba Yöldoşeva nomida
Manzil: Qoraqalpoğiston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Qoramon” QFY, 16 uy.

Öz bolamday katta qildim, lekin darddan asray olmadim
Loçinbek 2 yoşida yetimlikning azobini körgan. Oğir dard tufayli onasi vafot etgaç, otasi boşqa ayolga uylanadi. Ammo onasi Samara opa u uçun öz farzandidan ham ziyodroq kuyinadi:
“Öğlim bolaligidan köp azob kördi. Onasidan ayrilgan, men ikkinçi onasiman. Köp kasal bölardi, ming azobda katta qilgandim. Endi tuzaldi deganimda kutilmaganda boşimizga bu kulfat tuşdi. Undan ayrilib qolsam qanday çidayman, deb öyladim.
Turmuşga çiqayotganimda dadam şu bolalarni öz bolamday körişimni tayinlagandi. Öz bolamdan kam körmay katta qildim. Lekin darddan asrab qola olmayotganimdan kuyaman”.
















