1990-yillarda Rossiyadagi iqtisodiy islohotlarning mafkuraçisi va yetakçilaridan biri, Giyen-Barre sindromi taşxisi bilan Italiyada kasalxonaga yotqizilgan Anatoliy Çubays şifoxonadan çiqarildi, deb xabar berdi «Exo Moskvy» radiostansiyasi boş muharriri Aleksey Venediktov. 7 iyul, yakşanba kuni öz Telegram-kanalida. 

Italiyaning La Repubblica gazetasi ham Çubaysning çiqarilgani haqida yozgan. Naşr ma’lumotlariga köra, «Rosnano» sobiq rahbariga 6 avgust kuni ertalab javob berilgan va u Frankfurt-Maynga ketgan, u yerda reabilitatsiya kursidan ötadi. «Anatoliy Çubays 6 avgust kuni erta tongda klinikadan çiqarildi. U Mater Olbia’ni boşqalar yordamisiz tark etdi», - deya xabar berdi gazeta. 

La Repubblica’ning yozişiça, italiyalik şifokorlar taşxis töğri qöyilganiga şubha qilmayapti – Giyen-Barre sindromi. «Toksikologik testlar natijalari hali çiqmadi, ammo rossiyalik menejyerning organizmi davolaş usuliga reaksiya berdi, şuning uçun şifokorlar bu Giyen-Barre sindromi ekanini bildirdi. Bu uning qöllari va oyoqlarini bloklab qöygan oğir nevrologik kasallik, ammo zaharlaniş emas», deb yozadi gazeta. 

Anatoliy Çubays Kiprdan Italiyaga uçib kelganidan söng kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda birinçi bölib rossiyalik jurnalist va siyosatçi Kseniya Sobçak xabar berdi. Şuningdek, u Çubaysning kasalxonadagi bir neçta fotosuratlarini e’lon qildi. Çubays kasalxonaga yotqizilganidan söng, örtaça oğirlikda ekanligini bildirdi. Kreml Çubaysning tezroq tuzalib ketişini tilab, Rossiya rahbariyati uning kasalxonaga yotqizilişi tafsilotlaridan xabardor emasligini ta’kidladi. 

La Repubblica naşrining yozişiça, Çubays kasalxonada bölganida Tempo-Pauzaniya şahri prokurori tomonidan söroq qilingan, Italiya karabinerlari maxsus bölinmasi mutaxassislari esa zahar qidiriş böyiça toksikologik tahlil ötkazgan. 

2020 yil dekabrigaça Anatoliy Çubays «Rosnano» davlat korporatsiyasini boşqargan, keyin esa RF prezidentining xalqaro taşkilotlar bilan aloqalar böyiça maxsus vakili bölib işlagan. Şu yilning mart oyida Çubays iste’foga çiqdi va Rossiyani tark etdi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, u ketişini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan norozi ekani bilan izohlagan. TASS agentligi Çubays va uning atrofidagilar korrupsiya uçun tekşirilayotgani haqida xabar berdi, biroq bu ma’lumot rasman tasdiqlanmadi.