AQŞ Senati inflatsiyaga qarşi kuraşga qaratilgan 434 mlrd dollarlik yirik davlat yordami çora-tadbirlar paketini ma’qulladi. 7 avgust, yakşanba kuni qonun loyihasini qabul qiliş uçun 101 kişidan 51 nafari ovoz berdi. Hal qiluvçi ovozni AQŞ vitse-prezidenti Kamala Xarris berdi.

Taxminan 370 mlrd dollar energiya xavfsizligi va iqlimni muhofaza qiliş, şuningdek, bir qator soliq imtiyozlariga yönaltiriladi. Yana 64 mlrd soğliqni saqlaş sohasidagi taşabbuslarga, xususan, dori-darmonlar narxini pasaytirişga yönaltiriladi. Bundan taşqari, qonun loyihasi korporatsiyalar uçun soliq nazoratini kuçaytirişni nazarda tutadi. 

Qonun loyihasining Senat tomonidan ma’qullanişi AQŞ prezidenti Jo Baydenning katta ğalabasi sifatida baholanmoqda, u bundan bir yarim yil avval prezidentlikka kirişganida katta islohotlarni va’da qilgan, biroq hozirça ularni amalga oşira olmagandi. Demokratlarga köra, qonunning qabul qilinişi bu yilgi saylovlarda Kongressda köpçilik örinni saqlab qoliş imkonini beradi. 

Oq uy rahbari Senat qarorini olqişladi. «Bu köplab murosalarni talab qildi. Vakillar palatasi qonun loyihasini imkon qadar tezroq qabul qilişi kerak va men uni imzolaşni intiqlik bilan kutmoqdaman», - dedi Oq uy rahbari. AQŞ Kongressi Vakillar palatasida ovoz beriş 12 avgustga belgilangan.