BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Zaporojye atom elektr stansiyasini (ZAES) öqqa tutişni töxtatişni va xalqaro inspektorlarning unga kirişiga ruxsat berişni talab qildi. «Atom elektr stansiyasiga qilingan har qanday hujum öz joniga qasd qilişdir», dedi u 8 avgust, duşanba kuni Yaponiyada Xirosimaga atom bombasi taşlanişining 77 yilligiga bağişlangan tadbirlar doirasida.

«Umid qilamanki, bu hujumlar töxtaydi va şu bilan birga, AEXA stansiyaga kiriş imkoniyatiga ega böladi», — dedi Guterriş hujumda heç bir tomonni ayblamay. «Biz AEXAni ZAESdagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun şart-şaroit yaratiş borasidagi sa’y-harakatlarini töliq qöllab-quvvatlaymiz», deya qöşimça qildi BMT boş kotibi.

Guterriş, şuningdek, yadroviy qarama-qarşilik xavfi önlab yillar ötib qaytganini ta’kidlab, yadroviy davlatlarni birinçi bölib qurol işlatmaslik majburiyatini öz böyniga olişga çaqirdi. «Öylaşimça, agar yadroviy qurol qöllanilsa, unda, katta ehtimol bilan, bunga qandaydir tarzda reaksiya bildiradigan BMTning özi qolmaydi», dedi u yaponiyalik jurnalistning BMT Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalaniş ehtimoliga qanday munosabatda ekani haqidagi savoliga javob berib.

Bir kun avval Ukrainaning «Energoatom» atom energetikasi milliy kompaniyasi ma’lum qilişiça, 6 avgust kuni Rossiya qurolli kuçlari Zaporojye atom elektr stansiyasi va Zaporojye oblasti şimoli-ğarbidagi Energodar şahri hududiga navbatdagi raketa hujumini amalga oşirgan. Öz navbatida, RF tomonidan oblastning vaqtinça bosib olingan qismida joylaşgan Energodarning mustaqil «ma’muriyati» öqqa tutilişida Ukraina qurolli tuzilmalarini aybladi va «Uragan» yalpi öt oçiş reaktiv tizimidan 220 mm kalibrli kasseta snaryadi otilganini bildirdi.

Ukraina boş prokurori ofisi otişma böyiça sudgaça tergov boşlanganini e’lon qildi - u uruş qonunlari va odatlarini buziş böyiça jinoiy iş yuzasidan olib borilmoqda. Avvalroq «Energoatom» 5 avgust kuni stansiyaga uyuştirilgan hujum natijasida uning xavfsiz işlaşiga jiddiy xatar tuğilganini bildirgan edi. Ukraina korporatsiyasi ZAESni öqqa tutişdan maqsad uning infratuzilmasini yöq qiliş va Ukraina janubini elektr energiyasiz qoldiriş, deb hisoblaydi. 

Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) rahbari Rafael Grossi 6 avgust kuni Zaporijye AESning öqqa tutilişidan jiddiy taşviş bildirdi hamda bu yadroviy falokatning «juda real xavfini» körsatişini aytdi. Grossi şaxsan özi rahbarlik qilişga tayyor bölgan AEXA delegatsiyasini obektga kiritişni talab qildi. Biroq u bu qadam uçun Ukraina, Rossiya hamkorligi, şuningdek, BMT qöllab-quvvatlovi talab etilişini tan oldi.