Eron kosmik agentligi Rossiyaning «Xayyom» razvedka sun’iy yöldoşidan Ukraina böyiça josuslik qiliş uçun foydalanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Agentlikning 7 avgust, yakşanba kuni e’lon qilgan bayonotida aytilişiça, kosmik kema faqat Tehronga böysunadi va boşqa davlatlarning harbiy maqsadlari uçun yaroqsiz. 

Sun’iy yöldoş işini boşqariş markazi Eron hududida joylaşgan bölib, uni boşqariş va işga tuşiriş bilan boğliq barça buyruqlar birinçi kundan hamda u uçirilgandan söng eronlik mutaxassislar tomonidan amalga oşiriladi. «Boşqa heç bir davlat bu ma’lumotga ega bölmaydi. Boşqa davlat tomonidan sun’iy yöldoş tasvirlaridan harbiy maqsadlarda foydalanilgani haqidagi miş-mişlar haqiqatga töğri kelmaydi», - deya ta’kidladi agentlik.

Rossiya 9 avgust kuni Boyqönğirdan orbitaga Eron sun’iy yöldoşini olib çiqişga tayyorlanmoqda. Avvalroq The Washington Post gazetasi ğarb razvedka xizmatlariga tayanib yozişiça, u Tehronning Yaqin Şarqdagi harbiy inşootlar böyiça josuslik qiliş imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirişi kerak. Biroq, naşrning xabar berişiça, bundan oldin Moskva Ukraina qurolli kuçlarini kuzatiş uçun kosmik kemadan foydalaniş niyatida bölgan.