Ukrainadagi partizanlar Rossiya işğoliga qanday qarşilik körsatmoqda?
|00:39 / 08.08.202240 20017 min
Ukraina armiyasi Xerson oblastiga zarba ortidan zarba berib, qarşi hujumga tayyorgarlik körayotgan pallada, frontning narigi tomonida ularga yana bir körinmas kuç – partizanlar armiyasi, duşman ortida harakat qilayotgan agentlar va informatorlar tarmoği yordam bermoqda.
Foto: BBC / Sara ReynsfordFoto: BBC / Sara Reynsford
BBC muxbiri Ukraina qarşilik kuçlari jangçilari bilan uçraşiş uçun Xersonga eng yaqin va Ukraina nazorati ostidagi yirik şahar Mikolayivga bordi. Bu şahar janubiy frontdagi qarşilik harakatining deyarli ştab-kvartirasiga aylandi.
Tekşiruv punktlaridan ötayotganda katta reklama billbordiga köz tuşadi. Unda yopinğiç kiygan va yuzi yaşiringan şaxs tasviri va: «Xerson. Rux oporu (Qarşilik kuçlari): partizanlar hamma narsani körib turibdi», yozuvi bor.
Plakat rus bosqinçilarini asabiylaştiriş va ularning hukmronligi ostida qolganlarga ma’naviy yordam körsatiş uçun möljallangan.
«Rux oporu» şunçaki bitta guruh emas... Bu juda katta... Total qarşilik», deb ta’kidlaydi oldimdagi odam. Keling, uni Saşa deb ataymiz. U özini tanitmaslik uçun qora niqob taqib olgan. U bilan suhbatlaşayotgan xonani tasvirlab bera olmayman, çunki bu odamlar oşkor bölmaslikni xohlaydi.
Uruşdan biroz oldin Ukraina hukumati qarşilik harakatini taşkil etiş va boşqariş uçun maxsus kuçlarni tayyorlagan edi. Rasmiylar hatto bölajak partizanlar uçun yöriqnomalar ham çop etişdi. Unda bosqinçilarning maşinalari ğildiragini qanday kesiş, benzin baklariga şakar sepiş yoki iş paytida buyruğini bajarmaslik yöllari körsatilgan. Masalan, körsatmalardan birida: «Mijğov böl», deyiladi.
Ammo Saşaning jamoasi boşqa iş bilan şuğullanmoqda: ular Xersondagi rus qöşinlarining harakatini kuzatib borişadi.
«Faraz qilaylik, keça biz yangi nişonni payqadik va uni harbiylarga jönatdik. Bir-ikki kundan keyin bu nişon yöq böladi... Mana şunday yaşayapmiz», deydi Saşa qöşni mintaqadan olingan turli videolarni körsatib.
«Kolonna kelyapti... Qarang... U yerda bosqinçilar bazasi bölişi mumkin. Kimdir maşinada ketyapti va kolonnani videoga olyapti. Şu orqali u yerda qanday texnika borligini bilib olamiz», deya izoh beradi u.
Saşa öz agentlarini «ğalabadan umidini yöqotmagan va mamlakat ozod bölişini istaydigan» ukrainaliklar deb ta’riflaydi.
«Albatta, qörquv bor, - deb tan oladi Saşa, - lekin vatanga xizmat burçi undan ustun».
Saşa bilan birga boşqa guruh ham iş olib bormoqda. Ular front çiziği böylab dronlar uçirişadi va harbiy nişonlarni kuzatişadi. Guruh iştirokçilari oddiy köngillilar, harbiylar emas. Ular qimmat texnikalarni xarid qiliş uçun ijtimoiy tarmoqlar orqali pul yiğişadi. Guruh qömondoni Sergey uruşdan oldin manzarali ösimliklarni yetiştirgan. Biroq rus istilosi davrida Buçada öldirilgan tinç aholi jasadlarini körib, janubiy frontda jangga kirişga qaror qilgan.
Mavzuga oid
«Ruhiy holatim uyda qolişimga imkon bermadi. Çunki uruş davom etayotganda nima haqida öylaşim mumkinligi yoki nima qilişim mumkinligini tuşunmay qoldim», deydi Sergey.
U tanlagan yöl nihoyatda xavfli. Uning tört kişidan iborat guruhi har safar topşiriqqa yöl olganida rus qöşinlari tomonidan öqqa tutiladi, ammo hozirça qurbonlar yöq.
«Ba’zan topşiriqni bajariş paytida tinç böladi, ammo ortga qaytayotganimizda öqqa tutişadi, - Sergey yelkasini qisib, tabassum qiladi. «Tuşunaman, bu ertami-keçmi sodir bölişi mumkin, - lekin bunga qarşi heç narsa qilolmayman. Yaxşisi bu haqda öylamagan ma’qul. Agar halok bölsam, bu bejiz emasligini, maqsadga erişiş yölida bölganini tuşunaman».
Sergey Buçadagi qotilliklardan keyin janubdagi qarşilik harakatiga qöşilgan. Foto: BBC / Sara Reynsford
Partizanlar Xersonning rus qöşinlari istilosi ostida doimiy qolmasligi va Moskva ötkazişga tayyorlanayotgan referendumga xalaqit beriş uçun kuraşmoqda.
Rossiya allaqaçon bu hududda rublni joriy qildi va özining mobil aloqasini yölga qöydi, şu bilan birga ukrainaliklarni Rossiya davlat telekanallari taşviqoti bilan «suğormoqda». Mahalliy jurnalistlar yo qoçib ketişgan yoki yaşiringan.
Xerson oblasti ma’muriyati rahbari vazifasini bajaruvçi Dmitro Butriy hozir Mikolayivda, qum qoplari bilan öralgan kiçik ofisda işlayapti.
«Bir narsani aniq ayta olaman: bu referendum baribir soxta böladi, heç kim Rossiyaga ovoz bermaydi, menga işoning», - deydi Butriy.
«Ha, ular zöravonlik, qiynoqlar, tahdidlar, rublni kiritiş orqali referendum ötkazişga harakat qilmoqda. Nomigagina qandaydir bank oçib olişgan, u ham faqat bosib olingan hududlarda işlaydi. Lekin bu sahnalaştirilgan. Menimça, ular muvaffaqiyatga erişa olmaydi», deya qöşimça qiladi u.
Biroq, hozir bu Moskvani xavotirga solayotgani dargumon.
Mintaqa rahbari v.b hisoblangan Dmitro Butriy Mikolayivga köçib ötgan, u Xersonning Rossiyaga qöşilişi böyiça referendum soxtakorlikdan iborat bölişini aytadi. Foto: BBC / Sara Reynsford
Rossiya uçun Xerson oblasti strategik mintaqa, 2014 yilda noqonuniy annexia qilingan Qrim uçun suv manbayi hisoblanadi. Bu hudud orqali Rossiyadan yarimorolga quruqlikdan yölak ötadi.
Xersonliklarning ba’zilari Rossiya tomoniga ötib, unga yordam berişmoqda. Şu sababli, Saşa jamoasi insayder ma’lumotlariga asoslangan holda bunday «kollaborantlar» bazasini yurityapti.
«Keyinçalik ulardan heç biri «partizanlar bilan birga edik» demasligi uçun», deb tuşuntiradi Saşa.
Ammo bu ma’lumotlardan qörqitiş maqsadida ham foydalaniladi. Duşman tomonga ötib olganlarning uylariga tahdidli varaqalar, masalan, tobut fonida odamning surati yoki boşi uçun mukofot va’da qilingani va «Qidirilmoqda» sözi yozilgan varaqalar yopiştiriladi. Faollar bu varaqalarni suratga olib, Saşaga yuborişadi.
«Devorlarga «Referendumga yöl yöq» kabi yoki şunga öxşaş graffiti çizilmoqda, deydi Saşa unga kelgan xabarlar haqida. «Juda köp varaqalar tarqatilmoqda. Bundan jasur odamlar qançalik köp ekanini anglaş mumkin. Tuşunyapsizmi? Şaharda, har qadamda kameralar, patrul... Odam printerni topib, varaqalarni çop etişi, köçada yurib, yopiştirişi kerak. Patrul istalgan vaqtda töxtatib, tekşirişi, bu harakatlar inson uçun halokatli tugaşi mumkin. Bu odamlar nafaqat varaqa yopiştirmoqda, balki, videolavha olib, bizga jönatmoqda».
Rossiya tarafga ötib ketganlarga bir qator suiqasdlar uyuştirildi – bir bloger otib taşlandi, Rossiya tomonidan taşkil etilgan ma’muriyat amaldorlari öldirildi, boşqalari bomba örnatilgan avtomobil portlaşi oqibatida yaralandi. Eng yuqori martabali «kollaborantlar» esa jamoat joylarida zirhli jilet kiyib yura boşladilar.
Partizanlar bu suiqasdlarga heç qanday aloqasi yöqligini aytişdi, ammo ularga heç kim hamdard emas.
«Xoin va iflos sözlaridan boşqa heç narsa xayolimga kelmaydi. Biz uyimizni taşlab, uruşga ketdik. Ular esa şunçaki boşqa tomonni tanlaşdi. Ular bizning bugungi duşmanlarimiz», - deydi Saşa.
«Ular öz hayotini tanladilar. Suiqasd? Xöş, unda nima qiliş kerak?» - deydi ismi-şarifi sir qolişini istagan partizanlardan biri. «Demak ularning taqdiri şunday. Ular ongli ravişda qaror qabul qilişgan. Ularga qarşi qandaydir usullar bilan kuraşiş kerak-ku. Endi ular qörqişsin. Kollaborantlar. Baribir biz ğalaba qozonamiz va Ukraina öz çegaralariga qaytadi».
--------------
Vladimir Putinning aytişiça, Rossiya Ukrainani ozod qiliş uçun bostirib kirgan. Ammo Xersonda ruslar zöravonlik va tahdid bilan hukmronlik qilmoqda.
Mart oyida Rossiya mintaqani bosib olganidan beri, yuzlab odamlar hibsga olingan, köplari qiynoqlarga uçragan, ba’zilari ğoyib bölgan va haftalar davomida aloqaga çiqmagan. Ba’zilari ölik holda topilgan yoki murdasi qopga solingan holda qarindoşlariga qaytarilgan.
Şahar içidagi manbalarga köra, harbiylar avtobuslarni töxtatib, yölovçilarni tintuv qilişmoqda. Messenjerdagi xabar yoki telefondagi surat kabi Ukraina kuçlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan oddiy işora ham hibsga olib kelişi mumkin.
Oleg har gal közgu oldida jilmayib qöyganida, oğzidagi çandiqlar rossiyalik tergovçilarning söroq paytidagi kaltaklarini eslatadi. Olegning sözlariga köra, ular nafaqat tişlarini, balki yettita qovurğasini ham sindirişgan, ulardan uçtasi hali bitmagan. Aslida uning ismi Oleg emas, lekin kimligini oşkor qilmaslikni söradi.
Oleg boşqa mahbus Denis Mironovning qiynoqqa solinişiga guvoh bölgan. U hibsda vafot etgan.
Denis Mironov. Foto: Oilaviy arxiv
Oleg qiynoqlar haqida gapirar ekan, odamning yuragi ezilib ketadi. 27 mart kuni u bilan Denisni köçada uşlaşadi va bir neça soat davomida kaltaklaşadi. Şuningdek, elektr toki bilan azoblaşadi. Ularni böğib, ölim bilan tahdid qilişadi. Oleg söroqni FXX xodimlari ötkazganiga amin. U qiynoqlarga çidamasdan, qöriqçiga hujum qilişni rejalaştirganini, darhol otib öldirişlarini ham öylaganini tan oladi.
«Ular kal bölganim uçun meni azoblaşdi. Ularning nazdida kal – natsist ekan. Kiyimimda Simpsonlar rasmini körib, «Amerika agentimisan» deb kaltaklaşdi», deydi Oleg.
Hibsga olinişidan bir oy oldin, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganida, Denis va Oleg hududiy mudofaaning köngillilar otryadiga qöşilişdi. Ammo birinçi portlaşlardan keyin köplab harbiylar qoçib ketişdi. Xersonda qolganlar esa tezda mağlub bölişdi. Şundan keyin, ikkalasi ham bosib olingan hudud içidan rus qöşinlariga qarşi kuraşuvçi partizan bölişdi.
«Biz ularning pozitsiyasi, joylaşuvi haqida ma’lumot töplar edik. Ular qayerda, soni qança, qayerga harakat qilmoqda, şu haqdagi ma’lumotlarni uzatganmiz», deydi Oleg.
Partizanlardan biri qurşovga tuşgan ukrainalik harbiylarga Dnepr böylab qayiqlarda qoçib ketişga yordamlaşganini va ruslardan qurol öğirlaganini aytib berdi. Köproq ma’lumot söraganimda, u kuldi: «Qanday qilib yordam berganimni aytolmayman. Yaxşisi, keyinroq, ğalaba qozonganimizda uçraşamiz!».
43 yoşli Denisning xotini beva, öğli yetim qoldi. Uruşdan oldin u meva va sabzavotlar bilan savdo qilgan. Partizan bölgaç, «Xleb» yozuvli furgonda Xerson atrofida oziq-ovqat tarqatgan. Şu bilan birga istiloçilar töğrisida ma’lumot töplagan. Şuningdek, Oleg bilan birgalikda ular Ukraina armiyasi qaytişini, Xersonning ozod qilinişini kutib, qurol-yaroğ yiğişgan. Biroq ular hibsga olinib, qiynoqqa solingan.
Men FXX bilan boğlanib, nima voqea yuz bergani töğrisida ma’lumot söradim. Lekin ular javob berişmadi.
Oleg hibsga olingandan söng, Denisni faqat yarim tunda körganini, bu vaqtga kelib u oyoğida zörğa turganini, qiynalib nafas olayotganini aytdi. Şunga qaramay, tergovçilar uni kaltaklaşda davom etgan.
«Uningi jağiga, yuziga bir neça marta urişdi. U yiqilib tuşdi. Ikki kişi uni tayoq bilan kaltakladi. Buyraklari, beli, oyoqlariga urişdi. Unda katta gematomalar paydo böldi. Hammasi köz öngimda sodir böldi», deb eslaydi Oleg. «Ammo bu ölimga olib keladigan jarohatlar emasdi, agar öz vaqtida tibbiy yordam körsatilsa, ölimining oldini oliş mumkin edi ... U yana bir oy azob çekdi».
18 aprel kuni erkaklar Qrimga olib ketildi va Denis harbiy gospitalga yotqizildi. Oleg uning tuzalib ketişiga amin edi. Ammo bir oy ötgaç, Denis Mironovning oilasi uning ölimi haqida xabar oldi. Öliklarni almaştiriş jarayonida uning jasadi Ukrainaga qaytarildi.
---------
Ruslar Xersonni egallab olgaç, aholining köpçiligi şaharni tark etdi. Yaqinda Ukraina rasmiylari qolganlarni ham evakuatsiya qilişga çaqirib, yaqinlaşib kelayotgan qarşi hujumdan ogohlantirişdi. Ammo bu yerdan çiqib ketiş unçalik oson emas.
Rossiya kuçlari front çiziğini kesib ötuvçi maşinalar sonini çeklab qöyişgan va Ukraina nazorati ostidagi Zaporijjyaga olib boruvçi bitta yölni qoldirişgan. Yöldagi köplab nazorat punktlari harbiy çaqiruv yoşidagi ukrainalik erkaklarning hududni tark etişiga imkon bermaydi.
Hatto ayollar va bolalar evakuatsiya avtobuslaridan joy oliş uçun haftalab kutişadi yoki şaxsiy avtomaşinada ketiş uçun katta pul tölaşga majbur bölişadi.
Biroq, har kuni yuzlab odamlar qoçmoqda. Biz keçki payt avtobusda yetib kelgan qoçqinlarni kördik. Taqsimlaş punkti oldidagi turargohda qoçqinlar politsiya tomonidan tekşirilgandan söng, köngillilar ularga oziq-ovqat va kiyim-keçak taklif qiladilar, ba’zilari esa qarindoşlari tomonidan köz yoşi bilan kutib olinadi.
Xersonliklar Zaporijjyaga yöl olmoqda. Foto: BBC / Sara Reynsford
Biz Xersonga bora olmaymiz, çunki u işğol qilingan. Ammo qoçqinlarning kayfiyati u yerda hayot qanday keçayotganini aniq körsatib turibdi. Hatto Ukraina nazorati ostidagi hududga kelgan odamlar ham ortiqça gapirib qöyişdan qörqişadi.
Tasvirga olişimdan oldin ba’zilar: «Ruslar buni tomoşa qiladimi?», deb hadiksirab söraşadi. Ba’zilar boşini sarak qilib, mikrofondan yuz ögirişadi.
«Oğir. Ular [Rossiya qöşinlari] hamma joyni egallagan...», deydi Aleksandra maşining orqa örindiğida kiçkina Nastyani uxlatişga urinib.
Ikkita katta sumka bilan turgan keksa ayol köz yoşlarini zörğa tiyadi va asablari çidamasdan Xersondan qoçib çiqqani, eri esa ketişdan boş tortganini aytadi.
«U Ukraina qurolli kuçlari kelib, bizni ozod qilişini aytdi», - deydi Svetlana.
Tun yaqinlaşmoqda, ammo maşinalar oqimi töxtamayapti.
Erkaklardan biri oilasi bilan Xersondan faqat raketa zarbalaridan qörqib, qoçib çiqmagan.
«Odamlar yöqolib qolyapti... Bu haqiqat. Xersonda heç kim keçqurun köçaga çiqmaydi».
Qarşilik harakati plakatida şunday yozuv bitilgan: «Zaporijjya - bosqinçilar uçun ölim maskani»
Foto: BBC / Sara Reynsford
Sönggi kunlarda janubiy frontda har ikkala tomondan öqqa tutiliş xavfi kuçaygan.
Mikolayivda soat 4 lardagi portlaşlar bilan tong otadi: bu yerdan bosib olingan hududlar juda yaqin. Birinçi raketa zarbasidan keyin havo hujumi sirenalari yangraydi.
Bir kuni ertalab mehmonxona yertölasida yaşirinib ötirganimda, şaharda kamida 20 ta portlaş sodir bölganini sanadim. Ba’zilari şu qadar yaqin ediki, hatto bino larzaga keldi. Komendantlik soati tugagaç, biz yaqin atrofdagi maktabni vayronaga aylangan holda topdik, öyin maydonçasidagi arğimçoqlar çang qatlami bilan qoplangan edi.
Mikolayiv oblast ma’muriyatining vayron bölgan binosi. Foto: BBC / Sara Reynsford
Ukraina kuçlarining hujumlari ham köpaydi – ham son, ham qudrat jihatidan. Ğarbning mintaqaga yetkazib berayotgan qurollari vaziyatni özgartirmoqda.
Xerson aholisi allaqaçon Rossiyaning öq-dori omborlari bir neça marta zarbaga uçraganini sezişdi. Şuningdek, ta’minot kanallarini tösib qöyiş uçun Dnepr böyidagi köpriklarga, şu jumladan Antonovga ham zarba berilgan. Ehtimol, Xersonga qarşi hujum yaqinlaşayotgan bölişi mumkin.
Şaharda qolganlarning köpçiligi jangga tayyor, deb hisoblamoqda Saşa. Uning sözlariga köra, şaharda rus harbiylarini juda kam odam qöllab-quvvatlayapti. Sönggi oylardagi tintuvlar, hibslar va kaltaklardan söng, ularning soni keskin kamaygan.
«Ukraina armiyasi qarşi hujumga ötganda, odamlar bunga tayyor böladi va yordam beradi», - deb xulosa qiladi u.
Oleg asirlikda boşidan keçirgan azoblardan söng, öz şahri uçun jang qiliş maqsadida janubiy frontga qaytib, partizanlarga qöşilgan.
«Hududni egallaş mumkin, lekin xalqni qölga kiritişning iloji yöq», deydi u. «Bu yerda ruslar özini heç qaçon xavfsiz his qilmaydi. Çunki xalq ularni kutmaydi, xalq ularni xohlamaydi. Xalq ularni yoqtirmaydi va ularga boş egmaydi».