“Respublikada qon bilan işlaş xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş va aholi orasida beğaraz donorlik harakatini rivojlantiriş çoralari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qon bilan işlaş xizmatini rivojlantirişning asosiy yönalişlari belgilandi. Aholi orasida beğaraz donorlik madaniyatini şakllantiriş, donorlik harakatini keng jamoatçilik iştirokida rivojlantiriş, qon donorlariga sifatli xizmat körsatiş va ular uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş şular jumlasidan.
2024 yil 1 yanvargaça qon bilan işlaş xizmati muassasalarida donorlar qonida gemotransmissiv infeksiyalar mavjudligini ikki bosqiçli tekşiriş amaliyoti yölga qöyiladi.
2023 yil 1 yanvardan “Özbekiston faxriy donori” kökrak nişoni uçun mukofot 1,5 mln.dan 4,5 mln sömgaça oşiriladi. Kökrak nişoni bilan taqdirlanganlarga quyidagi huquqlar beriladi: ular uçun qulay bölgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga çiqiş; şahar jamoat transporti barça turlaridan bepul foydalaniş; davlat sanatoriy-kurortlarida davolaniş uçun yöllanmalarni navbatsiz oliş;
Doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topşiruvçi) donorlar va ular yaqin qarindoşlari statsionar davolaniş jarayonida, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi. Donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlaş böyiça xarajatlar qiymati respublika böyiça bir xil – mehnatga haq tölaş eng kam miqdori 3 foizi miqdorida belgilanadi.

















