Amnesty International taşkilotining Şvetsiyadagi bölinmasi hammuassisi Per Vestberg Ukraina qurolli kuçlari (UQK) ayblangan hisobotdan norozi bölgani uçun öz lavozimini tark etdi. U bu haqda Svenska Dagbladet gazetasiga ma’lum qildi.
«Amnesty’ning Ukrainadagi uruş töğrisidagi bayonoti sababli bu taşkilot bilan uzoq va samarali hamkorligimni yakunlayman», — dedi u.
Taşkilot dastlab mahbuslarni ozod qiliş bilan şuğullangan, ammo vaqt ötişi bilan «öz mandatini kengaytirdi», dedi u.
Vestberg 1964 yilda Gans Yoran Frank bilan birga Amnesty Sweden hammuassisi bölgan. U 1976–1982 yillarda Dagens Nyheter gazetasiga boş muharrirlik qilgan, 1998 yildan buyon adabiyot böyiça Nobel qömitasi a’zosi hisoblanadi.
4 avgust kuni Amnesty International «Ukraina uruşi taktikasi tinç aholiga xavf tuğdiryapti» nomli hisobotini e’lon qildi. Unda huquq himoyaçilari UQK bölinmalari bir neça bor turar joylar, maktablar va kasalxonalar hududida öz texnikalarini joylaştirgani hamda şu pozitsiyalardan öq uzganini, bu esa tinç aholi uçun xavf tuğdirayotganini ta’kidlagan.
Taşkilotning Ukrainadagi vakolatxonasi direktori Oksana Pokalçuk hisobot e’lon qilingan kunning ertasiga işdan böşaganini e’lon qildi.
Taşkilot keyinroq mazkur hisobot uçun uzr söradi. Şu bilan birga, huquq himoyaçilari hisobotda keltirilgan xulosalardan voz keçmasligini bildirgan.












