Rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniy özi jazo muddatini ötayotgan Vladimir oblasti Melexovo qişloğidagi 6-sonli qattiq tartibli koloniyani sudga berdi. Bunga koloniyaning mahbuslar işlab çiqaradigan mahsulot buyurtmaçisi haqidagi ma’lumotlarni oşkor etişdan boş tortgani sabab bölgan. Bu haqda 10 avgust, çorşanba kuni Vladimir oblasti umumiy yurisdiksiya sudlari qöşma matbuot xizmati özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Matbuot xizmatiga köra, koloniya ma’muriyati «mijozlarning axloq tuzatiş muassasalarida öz mahsulotlarini işlab çiqarilişi haqidagi ma’lumotlarni tarqatişga roziligi yöqligi sababli» bu ma’lumotni berişdan boş tortgan. Navalniyning advokatlari qonunçilikda ma’lumot berişdan boş tortiş uçun bunday asos yöq va rad etiş qonunga zid, deb hisoblayapti.
Navalniyning aytişiça, u Melexovo koloniyasida tikuvçilik kasbini egallagan. «Biz qandaydir ahmoq kamarlarni tikmoqdamiz va töğrisini aytsam, ular darhol taşlab yuborilişiga aminman, bularning bari esa mening «qamoqxonadagi qamoqxonam»ning ğalati maxfiy sanoat zonasini iş bilan yuklaş uçun öylab topilgan», deb yozgan siyosatçi Instagram ijtimoiy tarmoğida iyul oyi örtalarida.
6-sonli koloniya mahbuslarni qiynoqqa soliş haqidagi xabarlar bilan maşhur. Xususan, 2021 yilda Vladimir oblasti koloniyalarida 2009 yildan 2021 yilgaça ötirgan Pavel Zotov şafqatsiz munosabat haqida gapirib berdi. Uning eslaşiça, 6-koloniyada politsiya kiyimidagi mahkumlar uni polga yotqizib, yeçintirişgan hamda qöl-oyoğini boğlab, tovoniga va qorinning ostki qismiga dubinka bilan urişgan. 2021 yil dekabr oyida 27 yoşli mahbus Jobir Jörayev soqçilar va ma’muriyat bilan hamkorlik qiluvçi mahbuslar tomonidan muntazam ravişda kaltaklangani, qiynoqqa solingani, oç qoldirilgani va zörlaş bilan tahdid qilinganini aytib berdi.
14 iyun kuni Navalniy Pokrovdagi 2-sonli koloniyadan 6-koloniyaga ötkazildi. Muxolifatçi Instagram’da qotillikda ayblanganlar bilan bir otryadga joylaştirib qöyişganini yozgan. Siyosatçi sözlariga köra, uning otryadi koloniyaning qolgan qismidan butunlay ajratilgan hududda saqlanadi va «butunlay aqldan ozgan hamda çidab bölmas rejimga ega qamoqxona içidagi qamoqxona»ga öxşaydi. Navalniy bilan bir otryadda bölgan mahkumlarni u «yaxşi, xotirjam, xayrixoh mahbuslar» deb ta’rifladi.
Aleksey Navalniy fevral oyi boşida Moskvaning Simonovskiy tuman sudi «Iv Roşe» işi böyiça unga çiqarilgan şartli hukmni haqiqiy 3,5 yillik qamoq jazosiga özgartirgani uçun ozodlikdan mahrum etiş joylariga jönatildi. Rasmiy sabab - muxolifatçi jazoni ijro etiş komissiyasiga hisobot beriş uçun belgilangan kunlarda kelmagan. Ammo, u 2020 yil avgustidan boşlab, «Noviçok» bilan zaharlangani hamda Germaniyaga davolaniş uçun olib ketilganidan söng, umuman inspektor huzuriga kelişni töxtatgan.












