Asia-Plus’ning Tojikiston bojxona xizmatiga tayanib xabar berişiça, bu 2021 yilning şu davriga nisbatan (5,3 million dollar) deyarli 3,3 barobar köpdir.

Mamlakatlar örtasidagi umumiy tovar ayirboşlaş hajmi 285 million dollardan ortiqni taşkil etdi. 2022 yil yanvar-iyun oylarida Tojikistonning Özbekistonga eksport qilingan asosiy tovarlari paxta (17,3 million dollar), sement (14,1 million dollar), elektr energiyasi (12,2 million) va alyuminiy (10,6 million dollar) böldi. 

Öz navbatida, Tojikiston Özbekistondan asosan mineral va kimyoviy öğitlar, tabiiy gaz, maişiy texnika, kiyim-keçak va poyabzal, gilam, ipak mahsulotlari, pomidor, tarvuz va qovun kabi mahsulotlarni oladi. 

Joriy yilning iyun oyi oxirida «Öztöqimaçiliksanoat» delegatsiyasi Tojikistonga amaliy taşrifi doirasida Xatlon va Söğd viloyatlari mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari bilan paxtani qayta işlaş böyiça qöşma korxona taşkil etiş istiqbollarini muhokama qildi.

Bundan taşqari, avvalroq Söğd va Farğona viloyatlari işbilarmon doiralari örtasida Aşt tumanida yigiruv fabrikasini taşkil etiş, «Nassoçii Xöjand» korxonasi («Xöjand tekstil»), «Kamoli Xöjandi» korporatsiyasi va Farğonadagi Janubiy Koreya kompaniyasi örtasida hamkorlik böyiça kelişuvga erişilgan edi.