2022 yil yanvar-iyun oylarida Toşkent şahridan respublika boşqa hududiga doimiy yaşaş maqsadida köçib ketganlar soni 4813 kişini taşkil etgan.

Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, Toşkent şahridan köçib ketiş ötgan yil mos davri bilan soliştirilganda 80 kişiga (1,6 foizga) kamaygan.

Toşkent şahridan hududlarga doimiy yaşaş uçun köçib ketganlar soni quyidagiça:

  • Toşkent viloyati – 3611 kişi;
  • Qaşqadaryo viloyati – 194 kişi;
  • Samarqand viloyati – 130 kişi;
  • Xorazm viloyati – 117 kişi;
  • Surxondaryo viloyati – 117 kişi;
  • Buxoro viloyati – 112 kişi; 
  • Navoiy viloyati – 88 kişi;
  • Qoraqalpoğiston R. – 88 kişi; 
  • Jizzax viloyati – 82 kişi;
  • Farğona viloyati – 82 kişi; 
  • Andijon viloyati – 76 kişi;
  • Sirdaryo viloyati – 70 kişi;
  • Namangan viloyati – 46 kişi.