“Hududlarda yölovçi taşiş tizimini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
2023 yil 1 yanvardan boşlab yölovçi taşiş yönalişlari funksiyasiga köra quyidagi turlarga bölinadi:
- şahar yönalişlari - magistral, boğlovçi, halqa va yetkazib beruvçi yönalişlarga;
- şahar atrofi yönalişlari - magistral, boğlovçi va yetkazib beruvçi yönalişlarga;
- şaharlararo yönalişlar - magistral va boğlovçi yönalişlarga.
Transport vazirligi, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklari 2023 yil 1 yanvarga qadar hududlarda yölovçi taşiş yönalişlari yangi tarmoqlari mazkur bandda belgilangan tartibda joriy etilişini ta’minlaydi.
Transport vazirligi, Içki işlar vazirligi hamda Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklarining 2024 yil 1 yanvardan boşlab şahardagi magistral, boğlovçi, halqa yönalişlarida hamda şahar atrofidagi magistral va boğlovçi yönalişlarda, şaharlararo va xalqaro yönalişlarda faqat avtobus va mikroavtobuslardan (M2 va M3 toifali avtotransport vositalari) foydalaniş böyiça takliflari ma’qullanadi.
2023 yil 1 yanvardan boşlab barça avtovokzal va avtostansiyalarda şaharlararo va xalqaro avtobus yönalişlari böyiça yagona elektron onlayn çipta sotiş tizimi joriy etiladi.
Transport vazirligi avtovokzal va avtostansiyalardagi jarayonlarni töliq raqamlaştiriş va “onlayn” monitoring qiliş maqsadida joriy yil yakuniga qadar “Ye-Vokzal” elektron platformasini işga tuşiradi.
















