Özini Donetsk va Lugansk «xalq respublikalari» deb e’lon qilgan hududlarda fuqarolar Rossiya prokuraturasiga RFning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan söng rus harbiylari ularning uylarini şafqatsizlarça talon-toroj qilib, vayron qilib ketayotganidan şikoyat qilmoqda. Bu haqda 10 avgust, çorşanba kuni çop etilgan Bellingcat va The Insider suriştiruvida aytiladi.
Jurnalistlar qöliga Rossiya harbiy prokuraturasiga yuborilgan şikoyatlar arxivi tuşib qoldi, ulardan «DXR» va «LXR» hududida rus askarlarining talon-torojliklari hamda vahşiyliklari haqida bilib oliş mumkin.
Xususan, murojaatlardan birida 2014 yilda bosib olingan Lyubovka qişloğida rus tanki darvozani sindirib, panjarani buzib taşlagani, uylardan birining garajiga kirib borib, uy egalarining maşinalariga zarar yetkazgani aytiladi. Şundan söng, bino talon-toroj qilingan. «Ular 200 ming rubllik ehtiyot qismlar va asbob-uskunalarni öğirlagan, hattoki maşinada bölgan mayda pullarni ham ömarib ketgan. Aytingçi, şular ham odammi?» - deya jabrlanuvçilarning sözlaridan iqtibos keltirgan naşr.
Yana bir maktubda muallif 2014 yilda bosib olingan Lugansk oblasti Baranikovka qişloğida özini «LXR» zobitlari va askarlari deb taniştirgan «talonçilar tödasi» uylar va infratuzilma obektlarini talon-toroj qilganini bildiradi. «8 martdan keyin bir guruh talonçilar qişloğimizga kirib kelib, maktab, bolalar boğçasi, dorixona, uçta dökon, fermerlarni talab ketişdi va qulflarni sindirib, ikkita uyni egallab olişdi, — deyiladi arizada. - Ular professional talonçilar ekani körinib turardi, çunki heç narsadan tap tortişmadi. Qişloqlarda uylarning, yertölalarning eşiklarini sindirib, u yerdan hamma narsani: kartoşka, sabzi, televizorlarni olib ketişdi. Körgan hamma narsasiga yopişib, kuçi yetganiça ömarişdi».
May oyi oxirida «Mediazona» uç oylik uruş davomida Rossiya harbiylari Ukraina bilan çegaradoş şaharlardan kamida 58 tonna posilka jönatganini yozgan edi. Naşr jönatmalar raqamlari ma’lumotlar bazasini örganib çiqdi va ulardan foydalanib, «nafaqat uruş boşlanişiga töğri kelgan yuk taşiş hajmining anomal ösişini, balki ommaviy talon-torojliklar versiyasini tasdiqlovçi şaharlar örtasidagi noodatiy aloqalarni ham aniqladi».












