Umumta’lim maktablari 10–11-sinf öquvçilarini kasb-hunarga öqitiş, qiziqiş va qobiliyatlaridan kelib çiqib, kelajakda egallagan kasblari böyiça mehnat faoliyati bilan şuğullanişiga şaroit yaratiş maqsadida bitiruvçilar kasb egallaşiga kömaklaşuvçi yangi tizim joriy etildi.

Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari bilan hamkorlikda 10–11-sinf öquvçilarini kasb-hunarga tayyorlaş böyiça 46 ta kasb röyxatini tuzdi.

Uşbu kasblarni 10–11-sinf öquvçilariga öqitiş uçun umumiy öquv yuklama soatlari, kasb murakkabligidan kelib çiqib, malaka talablari, öquv reja va dasturlari işlab çiqildi.

Mazkur me’yoriy hujjatlardan 2022/2023 öquv yilida 10–11-sinf öquvçilarini kasbga örgatişda foydalaniladi.

Me’yoriy hujjatlarni edu.profedu.uz platformasi orqali köçirib oliş mumkin.