“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topşiriğiga asosan, tizimdagi korxonalarda moliyaviy va komplayens nazorati yönalişida korrupsiya, iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşişga, ular kelgusida yöl qöyilişining oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar, örganişlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, “Özbekneftgaz” AJ Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti xodimlari tomonidan “Maroqand neft bazasi” MÇJda neft mahsulotlarining navbatdan taşqari inventarizatsiyasi ötkazilmoqda.
Örganişlar jarayonida, Bulunğur va Jomboy filiallarida neft mahsulotlari inventarizatsiyadan ötkazilganda, vertikal pölat siğimlarga (RVS) qasddan texnik özgartiriş kiritiş va qölbola usulda siğim içiga temir quvur joylaştirilganligi aniqlandi.
Tezkor ma’lumotlarga köra, Bulunğur filialida jami 22 125,3 mln sömlik 2 612,9 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yöl qöyilgani va katta miqdorda talon-toroj qilingani holati aniqlandi, jumladan:
- Ai-80 avtobenzinidan 18 340,4 mln sömlik 2 382,1 tonna;
- EKO markali dizel yonilğisidan 705,8 mln sömlik 44,1 tonna;
- TDL-05 markali dizel yonilğisidan 1 752,1 mln sömlik 111,6 tonna;
- TD-K5 yevro markali dizel yonilğisidan 1327,0 mln sömlik 75,1 tonna.
Tezkor ma’lumotlarga köra, Jomboy filialida esa jami 51 649,7 mln sömlik 4441,2 tonna neft mahsulotlari kamomadi aniqlandi, jumladan:
- Ai-80 avtobenzini 18029,6 mln sömlik 2341,7 tonna
- YeVRO K-5 dizel yonilğisi 81,7 mln sömlik 4,6 tonna
- Dizel yonilğisi 1516,3 mln sömlik 92,3 tonna
- EKO dizel yonilğisi 32022,1 mln sömlik 2002,5 tonna
Bulunğur va Jomboy filiallarida jami 73775,0 mln sömlik 7054,1 tonna neft mahsulotlari kamomadi aniqlandi. Moliyaviy va komplayens nazorati departamenti va boşqa tegişli departament mutaxassislari tomonidan inventarizatsiya davom ettirilmoqda.
Aniqlangan holatlarga huquqiy baho beriş va kamomadlarga yöl qöygan xodimlarga nisbatan qonuniy çora köriş maqsadida, töplangan hujjatlar Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga tegişli tartibda taqdim etildi.
Örganişlar jarayonida, Bulunğur filiali moddiy javobgar şaxsi X.L. javobgarligidagi neft mahsulotlari inventarizatsiyadan ötkazilganda, 7 ta vertikal pölat siğimlarga (RVS) qasddan texnik özgartiriş kiritiş va qölbola usulda siğim içiga temir quvur joylaştirilgani hamda buning natijasida tezkor ma’lumotlarga köra jami 21 494,7 mln sömlik 2 573,5 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yöl qöyilgani va katta miqdorda talon-toroj qilingani holati aniqlangan edi.











