AQŞ prezidenti Jo Bayden noyabrda XXR rahbari Si Jinping bilan uçraşuv ötkazişi mumkin, deb xabar berdi Wall Street Journal gazetasi öz manbalariga tayanib.
"Xitoylik amaldorlar noyabrda Si Jinpingning Janubi-Şarqiy Osiyoga taşrifi va prezident Bayden bilan uçraşuvini rejalaştirmoqda", - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, bu XXR rahbarining qariyb uç yil içidagi birinçi safari va prezident Bayden bilan ilk uçraşuvi böladi.
Gazeta xabariga köra, Si Jinping 15-16 noyabr kunlari Balida bölib ötadigan G20 sammitida qatnaşişi, u yerdan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida iştirok etiş uçun Bangkokka yöl olişi mumkin.
"Si Jinping va Bayden uçraşişi ehtimoli közda tutilgan taşrifga tayyorgarlik köriş hozirça boşlanğiç bosqiçda va özgarişi ham mumkin", - deb yozadi gazeta.












