Qozoğiston öz neftining bir qismini Rossiyani çetlab, Ozarboyjonning eng yirik Boku — Tbilisi — Jayhon neft quvuri orqali sotişi mumkin, deb xabar berdi Reuters.
Agentlik suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, «Kazmunaygaz» milliy kompaniyasi Ozarboyjon davlat neft kompaniyasining savdo bölinmasi bilan yiliga 1,5 mln tonna Qozoğiston neftini Turkiyaning Jayhon portiga olib boruvçi quvur orqali yetkazib beriş böyiça muzokara olib bormoqda.
Tomonlar avgust oxirida yakuniy kelişuv imzolaşi kutilmoqda, neft yetkazib beriş esa sentabrda boşlanadi, dedi Reuters manbasi.
Manbalarning aytişiça, 2023 yildan yana 3,5 mln tonna neft Ozarboyjon quvuri orqali Gruziyaning Supsa portiga yetkazib berilişi mumkin.
Qozoğiston sönggi 20 yilda neftni Kaspiy quvur konsorsiumi orqali Novorossiyskka yetkazib bergan. Uşbu quvur Qozoğiston nefti uçun asosiy eksport yönalişi bölib qolmoqda. Quvur orqali kuniga 1,3-1,4 mln barrel neft ötadi.
Taqqoslaş uçun: Boku — Tbilisi — Jayhon quvuri orqali sutkasiga atigi 30 ming barrel neft yetkazib beriladi, deb yozadi agentlik.
Iyul oyi boşlarida Novorossiyskning Primorskiy rayon sudi aniqlangan kamçiliklar uçun Kaspiy quvur konsorsiumi faoliyatini töxtatib qöygandi. Keyinroq sud bu qarorini bekor qildi va 200 ming rubl jarimaga tortiş bilan çeklandi.












