Xiaomi’ning odamsimon roboti

Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi gapiriş, his-tuyğularni seziş va dunyoni 3D körinişda körişga qodir bölgan insonga öxşaş ilk robot - CyberOne taqdimotini ötkazdi.

Robotning böyi 177 santimetr, vazni 52 kilogramm, maksimal tezligi esa soatiga taxminan 3,6 kilometrni taşkil qiladi. U odamlarning 45 turdagi emotsiyalarini ajrata oladi, tanasi 13 ta böğindan iborat bölib, 21 ta harakatni amalga oşirişi mumkin.

Qurilmaning narxi 89,1 ming dollardan 104 ming dollargaça baholangan.

Meta’ning Blenderbot 3 çatboti

Meta kompaniyasining AI tadqiqot laboratoriyasi yangi zamonaviy çatbotni yaratdi.

Qayd etilişiça, Blenderbot 3 deya nomlangan çatbot internetdan ma’lumotlarni topib, tahlil qilgan holda istalgan mavzu böyiça suhbatni davom ettira oladi. Şuningdek, foydalanuvçilar ma’lumot qayerdan olinganini javoblarining ustiga bosiş orqali tekşirib körişlari mumkin.

Ilk fikrlarga köra, bot haqiqatan ham yozişmalar mavzusini aniq belgilaş va suhbatni özi boşlaş imkoniyatiga ega.

Google jarimaga tortildi

Avstraliya federal sudi Google’ni 42,8 million dollar jarima tölaşga majbur qildi. Bunga sabab sifatida kompaniya Android operatsion tizimi bilan işlaydigan telefonlardan olingan şaxsiy joylaşuv ma’lumotlarini töplaş hamda ulardan foydalaniş böyiça yolğon va çalğituvçi ma’lumotlarni taqdim etgani keltirib ötilgan. Qayd etilişiça, taxminan 1,3 million avstraliyalik foydalanuvçilar zarar körişgan.