Kun.uz muxbiri Saudiya Arabistonidagi özbeklar, işlaş va ta’lim oliş, şuningdek boşqa masalalarda uzoq yillardan buyon uşbu davlatda istiqomat qilib kelayotgan yurtdoşimiz, Madina Islom universiteti magistranti Mahmud Usmon bilan suhbatlaşdi.

Islom qonunçiligi ya’ni fiqh korrupsiya, poraxörlik kabi jamiyatdagi köplab illatlarga qanday yeçimlar beradi?

- Dinimizda köplab oyatlar va hadislarda «ğulul»dan qaytarilgan. Oli Imron surasi 161-oyatida bu kalima «uruşda tuşgan (umumiy) öljadan yaşirib olingan» degan ma’noda keltiriladi. Bu kabi oyatlardan ulamolar har qanday köpçilikning haqqi bölgan narsani, xiyonat qilib oliş öşa ğululga qiyos qilinadi va uning hukmida böladi, deyiladi. Bu eng oğir va eng katta gunohlardan böladi.

Hadislarda Rasululloh alayhissalom bir çaqalik, arzimagan narsani xiyonat qilib olib qöygan kişilarni ham janozalarini öqimaganligi keltiriladi. Bu juda oğir narsa.

Islom insonlarni bunday odatlardan qaytaradi va omonatdorlik musulmonlarni şunday uluğ darajalarga olib çiqqan.

Bir odam vafot qilayotgan paytda vasiyat yozib ketadi. «Men qaçonlardir bir uruşda köpçilikning mulki bölgan kiçkina bir narsani özimga olgandim. Sizlar Abdulloh ibn Muhayrisga boringlar, vaziyatni tuşuntiringlar. U nima hukm qilsa, bajaringlar toki qiyomatda buning javobgarligidan qutulib qolay», deydi.

U kişi vafot etgaç, uning merosxörlari zamonasining buyuk olimlaridan Abdulloh ibn Muhayrisning oldiga borib, vaziyatni tuşuntiradi. Olim «mendan boşqasidan söranglar», - deydi. Sizdan boşqasidan sörolmaymiz, vasiyatda şunday yozilgan, yeçim bering, deyişadi. Şunda ulamo öşa jangda qatnaşgan, umumiy mulkda haqqi bölgan barçani bir joyga töplanglar, deydi. Töplolmaymiz, qança yillar ötib ketdi, ular tarqab ketgan, deyişadi merosxörlar. Şunda Abdulloh ibn Muhayris «hamma haqdorlarni töplaysiz, ularning hammasiga öşa çaqalik arzimagan narsani tengdan bölib berasiz. Boşqaçasiga iloji yöq», debdi.

Bitta odamdan qarzdor bölsa, uni topib uziş mumkindir. Lekin, davlat işida yoki muassasada işlab, umumiy mulkni tasarruf qilib yuborgan bölsa, uning ahvoli juda yomon böladi. Agar sizning ham qölingizda mas’uliyat bölsa, bu sinovdan juda ehtiyot böling, boşqalarning mulkini yeyişdan qattiq saqlaning.