14 avgust kuni rossiyalik harbiy korrespondent Yuriy Kotenok ukrainalik harbiylar «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining Popasnayadagi bazalaridan birini öqqa tutganini xabar qildi. Ukraina qurolli kuçlari tunda yöllangan zarbalar oqibatida Xerson oblastidagi Antonov köprigi foydalanişga butkul yaroqsiz holatga tuşganini ma’lum qildi. Rossiyalik harbiylar egallab olgan Energodar şahri meri hududida Zaporrijjya AES joylaşgan şahar öqqa tutilayotganini aytib berdi. Çernihivda odamlar uruşning ilk davridagi harbiy harakatlar tufayli vayron bölgan uylarini tozalamoqda. Luhansk oblastiining Rubijne şahrida 109 kişining jasadi eksgumatsiya qilindi. Evakuatsiya e’lon qilingan Kramatorskda tinç aholi vakillari qolişi davom etmoqda.

Quyida 14 avgust kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Çernihiv

Çernihiv yaqinidagi Novoselovka qişloğida rossiyaliklar zarbalaridan vayron bölgan uyni tozalaşmoqda. 13 avgust kuni Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi Donetsk — Peski va Novoselovka — Aleksandropol yönalişida harbiy harakatlar davom etayotganini xabar qildi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
12 yoşli Danik Rak Novoselovkadagi xaroba uyda işlamoqda. Uruşga qadar bu qişloqda kamida ming kişi yaşagan. Uşbu aholi punkti zarbalardan jiddiy şikastlandi, köplab uylar vayron bölgan. Novoselovka aholisi qişda yaşab qoliş uçun uylarni öz qöli bilan tiklaşga urinmoqda. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Novoselovka aholisi vakili Janna Dunayeva özining vayron bölgan uyi oldida.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Zaporijjya 

Zaporijjyadagi qoçqinlarni qabul qiliş markazida uzoq ayriliqdan keyin körişgan oila. Şahar hamon Ukraina nazoratida qolmoqda.