Dastavval, Jamiyat Boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov Hindiston Respublikasi mamlakat mustaqilligining 75 yilligi bayram tantanasi bilan uçraşuv a’zolarini samimiy muborakbod etdi. Söngra, mamlakatimizda gidroenergetika sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar xususida töxtalib ötdi.

Hindistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elçisi Maniş Prabxat Özbekiston va Hindiston örtasidagi döstlik va hamkorlik aloqalariga yuqori baho berdi. Şu bilan birga, ikki mamlakat kompaniyalari örtasida gidroenergetika sohasidagi hamkorlikning davomli bölişiga işonç bildirdi.

Bu borada, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-44-son Qaroriga muvofiq, xususiy sektor vakillariga ya’ni tadbirkorlar tomonidan joylarda mikro va kiçik GESlarni quriş, ekologik jihatdan toza elektr energiyasini işlab çiqariş uçun keng imkoniyatlar hamda zaruriy şaroitlar yaratilmoqda.

Jumladan, Jamiyat mutaxassislari tomonidan yangi loyiha maydonlari aniqlanmoqda, tadbirkorlarga loyihaning biznes-rejasini işlab çiqişda, optimal texnik yeçimlarni tanlaşda, loyiha hujjatlarini işlab çiqişda amaliy yordamlar körsatilmoqda va tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur import hajmlarini qisqartiriş, tadbirkorlarga qulayliklar yaratiş va kelajakda özbek brendi ostida gidroagregatlar işlab çiqarib eksportni yölga qöyiş maqsadida Yevropa, Xitoy va boşqa çet el mamlakatlari kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Bugungi kungaça mikro va kiçik GES loyihalari uçun gidroagregatlar çet el mamlakatlaridan import qilinib olib kelinardi. Endilikda kiçik va mikro GESlar uçun gidroagregatlar “Made in Uzbekistan” milliy brendi asosida mamlakatimizda işlab çiqariladi.

Xususiy sektor vakillari iştirokini kengaytiriş, innovatsion loyihalar asosida lokalizatsiya va mahalliylaştiriş dasturi doirasida import örnini bosuvçi kiçik GESlar uçun sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça “Özbekgidroenergo” AJ hamda Hindistonning “MACLEC technical project laboratory pvt. LTD” kompaniyasi bilan özaro anglaşuv Memorandumi imzolandi.