Qozoğiston energetika vaziri Bolat Akçulakov Qozoğistonning kuzdan boşlab Baku–Tbilisi–Jyeyhan yönalişi böyiça neft taşiş niyati haqidagi xabarlarni rad etdi.
“Men ham bu xabarni öqidim. Neft taşiş böyiça qandaydir şartnoma imzolaymiz, deb öylamayman. Bu kabi masalalar asosan milliy kompaniyalar darajasida muhokama qilinadi. Ammo biz sentabr oyida neft jönatiş böyiça şartnoma imzolaş haqida gapirmayapmiz. 1,5 mln tonnalik körsatkiçga kelsak, bu juda kulgili, çunki bunday hajm eksport yönalişi bilan boğliq muammomizni hal qila olmaydi”, dedi vazir matbuot anjumanida.
Akçulakovning sözlariga köra, Kaspiy quvurlari konsorsiumi masalasini siyosiylaştiriş kerak emas. Qozoğistonning bugungi kundagi asosiy vazifasi KQK hajmlarini saqlab qoliş va uzluksiz işlaşini ta’minlaşdan iborat.
“Albatta, biz muqobil yöllar haqida öylaşimiz kerak, çunki 2024 yildan keyin 100 million tonnadan ortiq mahsulot işlab çiqarilişi kutilmoqda. Hozirça bizdagi imkoniyatlar köp emas: Xitoy va Kaspiy dengizi orqali yönalişlargina bor”, deya qöşimça qilgan Akçulakov.
Ma’lumot uçun, Qozoğiston sönggi 20 yilda neftni Kaspiy quvur konsorsiumi orqali Novorossiyskka yetkazib bergan. Uşbu quvur Qozoğiston nefti uçun asosiy eksport yönalişi bölib qolmoqda. Quvur orqali kuniga 1,3-1,4 mln barrel neft ötadi.
Taqqoslaş uçun, Boku–Tbilisi–Jyeyhan quvuri orqali sutkasiga atigi 30 ming barrel neft yetkazib beriladi.
Avvalroq Reuters agentligi, öz manbalariga tayanib, Qozoğiston öz neftining bir qismini Rossiyani çetlab, Ozarboyjonning eng yirik Boku–Tbilisi–Jyeyhan neft quvuri orqali sotişi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi. Unda “Kazmunaygaz” milliy kompaniyasi Ozarboyjon davlat neft kompaniyasining savdo bölinmasi bilan yiliga 1,5 mln tonna Qozoğiston neftini Turkiyaning Jayhon portiga olib boruvçi quvur orqali yetkazib beriş böyiça muzokara olib borayotgani aytilgandi.
Nega Qozoğiston neft taşiş böyiça yangi yönalişlar qidirmoqda?
Qozoğiston – Yevropaga neft yetkazib beradigan asosiy davlatlardan biri. Mamlakat nefti asosan Rossiya orqali ötadigan Kaspiy böyi konsorsiumidan oqib, Yevropa davlatlarigaça boradi.












