Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston IT-eksporti 4,4 baravarga oshdi
O‘zbekiston IT-eksporti joriy yil o‘tgan davrida 4,4 baravarga oshdi va 53,2 mln dollarni tashkil etdi. AOKAda o‘tkazilgan brifingda IT Park matbuot kotibi Jamila Xoliboyeva IT-eksporti 2022 yil 1-yarim yilligi sarhisobi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Jamila Xoliboyeva
Tashqi bozorlarda xizmat ko‘rsatuvchi IT Park rezidentlari soni 203 tani tashkil etdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yil mos davriga nisbatan o‘sish - 271 foiz.
Eksport 88 foizi AQSh, qolgani esa Buyuk Britaniya, Germaniya, Mustaqil davlatlar hamjamiyati (MDH) va Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) to‘g‘ri keladi.
2022 yil oxiriga qadar eksport hajmini 100 mln dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Bajarilgan xizmatlar umumiy hajmi 2,3 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yil mos davriga nisbatan mazkur ko‘rsatkich 235 foiz oshdi.
Mavzuga oid
12:29 / 23.01.2026
2025 yilda O‘zbekiston mahsulotlari 75 ta davlatga eksport qilingan
13:16 / 21.01.2026
O‘zbekiston guruch eksportida Qozog‘iston birinchi o‘rinda
12:10 / 20.01.2026
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
10:32 / 20.01.2026