Ukrainadagi uruş oqibatida yuzaga kelgan energetika inqirozi fonida yevrohududdagi inflatsiya yangi rekord darajaga yetdi: iyul oyida iste’mol narxlari yillik 8,9 foizga kötarildi, deb xabar berdi Yevropa statistika boşqarmasi Eurostat 18 avgust, payşanba kuni.

Bu yevro joriy etilgandan beri eng yuqori inflatsiya darajasidir. Iyun oyida yevrohududda hayot 8,6 foizga qimmatlaşgan. Bu Yevropa Markaziy banki (YeMB) tomonidan inflatsiyani ikki foizda uşlab turiş uçun belgilangan maqsadlardan farq qiladi. Reuters ma’lumotiga köra, yaşaş narxining doimiy ösişi fonida, YeMB tomonidan bazaviy stavka yanada kötarilişi ehtimoli tobora ortib bormoqda. 

Iyul oyida sönggi 11 yil içida birinçi marta regulyator stavkani birdaniga yarim foizga oşirdi. Mutaxassislar fikriça, 8 sentabr kuni bölib ötadigan navbatdagi yiğilişda YeMB bazaviy stavkani yanada sezilarli darajada oşiriş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin. Bank rahbariyatiga köra, yevrohududda yaşaş narxining oşişi qisqa muddatli istiqbolda davom etadi.