Meksika hukumati 2014 yilda bedarak yöqolgan 43 talabaning ölimini rasman tan olganiga qaramay, ularning vafoti böyiça iş yopilmaydi, deya ma’lum qildi Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador. Bu haqda 20 avgust, şanbaga ötar keçasi ma’lum böldi. Obradorning sözlariga köra, mamlakat Boş prokuraturasi haqiqatni aniqlaş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş maqsadida tergovni davom ettiradi.
Avvalroq, 19 avgust kuni huquq-tartibot idoralari Meksika sobiq boş prokurori Xesus Murilo Karamni qölga olgan edi, u talabalar öğirlab ketilganidan söng birinçi tergovni ötkazgan. U odamlarning ğoyib bölişi, qiynoqlar va odil sudlovga qarşi jinoyatlarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Murilo boşçiligidagi tergov şuni körsatdiki, Ayotzinapa kolleji talabalari 2014 yil 26 sentabrda Gerrero ştatidagi korrupsioner politsiya xodimlari tomonidan öğirlab ketilgan, söng ular yoşlarni raqib jinoiy guruh a’zolarining qarindoşlari sifatida körgan Meksikaning Guerreros Unidos narkokarteli a’zolariga topşirilgan. Şundan keyin ular göyoki öldirilgan, jasadlari poligonda yoqib yuborilgan.
Tergovning bu xulosalari mustaqil ekspertlar tomonidan şubha ostiga olindi. Iş böyiça guvohlar ham qiynoqqa solingani aytilgan. Yöqolgan talabalarning oilalari adliya organlari faktlarni soxtalaştirib, aholini notöğri fikrga kelişga undagan, deb hisoblamoqda.
Bir kun avval, 18 avgust kuni, taxminan tört yil avval taşkil etilgan, Ayotzinapaning 43 nafar talabasi işi böyiça haqiqat va adolatga erişiş komissiyasi yoşlarning ölimiga şubha yöqligini e’lon qildi. Ular «davlat jinoyati» qurboni böldi, deya ma’lum qilgan Meksika IIV rahbarining inson huquqlari, aholi va migratsiya böyiça örinbosari Alexandro Ensinas.
Mart oyida Meksika dengiz piyoda askarlari va armiya vakillariga nisbatan ham yöqolgan talabalar böyiça iş qözğatilgani xabar berildi. Ular dalillarni, jumladan, poligonda jasadi yoqib yuborilgan bir neçta talabalarning şaxsini aniqlaş orqali qölga kiritilgan ma’lumotlarni manipulyatsiya qilişda gumonlanmoqda.
2006 yilda Meksikada avj olgan, politsiyadan taşqari, harbiylar ham uyuşgan jinoyatçilikka qarşi qurolli operatsiyalarda qatnaşgan «narkokartellarga qarşi uruş» oqibatida ön minglab odamlar halok böldi, yaralandi yoki öz uylarini tark etişga majbur böldi.
Qurbonlar haqida aniq ma’lumotlar yöq, taxminlarga köra, faqat 2007-2018 yillarda uruş 115 mingga yaqin odamning hayotiga zomin bölgan bölişi mumkin. Amaldagi prezident Lopes Obrador hokimiyatga kelganidan söng, uruş tugaganini e’lon qildi, ammo mamlakatda zöravonlik va korrupsiya darajasi yuqoriligiça qolmoqda, yirik narkokartellar Meksikaning ayrim hududlarini qisman nazorat qilmoqda.












