Amerikaning The Washington Post gazetasi Ukrainada uruş boşlanişi haqidagi ikkinçi maqolasida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning Kiyevda hukumatni yaşin tezligida ağdariş böyiça noreal rejani işlab çiqişdagi roli va Moskvaning qöğirçoq hukumatni örnatiş rejalari haqida ma’lumot berdi. Suriştiruv 19 avgust, juma kuni e’lon qilindi. 

«FXX tahlilçilari Ukrainadagi qarşilik imkoniyatlarini yo notöğri baholagan yoki töğri baholagan, lekin Vladimir Putinga bu bahoni yetkaza olmagan yoki buni xohlamagan», deb yozadi WP Ukraina va ğarb razvedka xizmatlaridagi köplab suhbatdoşlarga tayanib. Gazetaning suhbatdoşlaridan biri Rossiya razvedka xizmatining xatolarini «fundamental va strategik» deb atadi. 

«FXX xodimlari yaqinda Kiyevda hokimiyat tutqiçlarini nazorat qilişlariga şunçalik işonçlari komil ediki, ular uruşdan oldingi sönggi kunlarda ma’lumot beruvçilar xonadonlarida va boşqa joylarda xodimlarning rejalaştirilgan oqimi uçun boşpana joylaştirişni boşladi», deb yozadi WP. 

Naşr suhbatdoşlariga köra, aynan FXX «notöğri taxminlarga sodiq qolgan holda, Kiyevga yaşin tezligidagi hujum va hukumatni bir neça kun içida ağdariş ğoyasiga asoslangan uruş rejasini ilgari surgan». Bosqin boşlanişidan oldin FXX hatto Kiyevdagi öz ma’lumot beruvçilariga poytaxtni tark etişni, lekin uylarining kalitlarini qoldirişni aytgan. 

«Rossiya razvedkasining Ukrainadagi muvaffaqiyatsizliklari tizimliroq bölib körinyapti, ular işonçsiz manbalar va Kremlga haqiqatni aytişga xohiş yöqligi bilan boğliq», deb yozadi WP. Maxfiy xizmat Kremlni xursand qiliş uçun tuzilgan baholar yordamida Putinning Ukrainaga nisbatan kalondimoğ munosabatini mustahkamlab qöydi, deydi naşr suhbatdoşlari.

Ğarb razvedkasidagi WP suhbatdoşlari FXX nima uçun Ukrainadagi rossiyaparast kayfiyatga işonganini tuşuntirib bera olmadi. Bildirilişiça, ularning qöllarida bu yolğonni rad etuvçi ma’lumotlar mavjud bölgan. 

2021 yil aprel oyida FXXga yaqin bölgan Research & Branding ijtimoiy xizmati tomonidan ötkazilgan sörov şuni körsatdiki, ukrainaliklarning 84 foizi Rossiya qöşinlarining har qanday körinişdagi kirişini «bosqinçilik» deb bilgan, aholining atigi 2 foizi bunday ssenariyni «ozodlik» deb atagan. 

Mamlakat fuqarolarining deyarli yarmi – 48 foizi Ukrainani tajovuz sodir bölgan taqdirda himoya qilişga tayyor bölgan. Uşbu ma’lumotlarga qaramay, FXX «Kremlni soxta baholar bilan oziqlantirişda davom etdi», deydi WP suhbatdoşlari. «Ularni göyoki gullar bilan kutib olişlari haqidagi his FXX tufayli paydo bölgan», dedi manbalardan biri. Bu sörovlar natijalari RF prezidentiga topşirilganmi yoki yöqmi, bunisi noma’lum, deya qayd etgan jurnalistlar.