Xitoyda dengizda tutilgan baliqlardan ham koronavirusga test olinadi, deb xabar berdi dpa agentligi.
Syamen şahri soğliqni saqlaş departamenti vakili mazkur port şaharda nafaqat ovdan qaytgan baliqçilar, balki ular tutib kelgan baliqlardan ham COVID-19ga test olinayotganini tasdiqladi.
Uning sözlariga köra, tekşiruvlar Tszimey rayon hokimiyatining maxsus farmoyişiga muvofiq ötkazilmoqda.
Xitoy hozirda "nol darajadagi kovid" strategiyasiga qat’iy amal qilmoqda. Mamlakat xorijliklar uçun yopiq. Xitoyga kirişiga ruxsat berilgan xorijliklar mehmonxonada yetti kun karantinda, söngra esa uç kun kuzatuv ostida böladi. Katta şaharlar aholisi har uç kunda test topşirişi lozim.
Juma kuni XXR soğliqni saqlaş milliy komissiyasi COVID-19 yuqtiriş bilan boğliq 500dan ortiq yangi holat aniqlanganini ma’lum qildi.












