Ma’lumotlariga köra, ikki yarim haftadan söng amerikaliklar iPhone 14 smartfonining törtta versiyasini, şuningdek, iPad planşetining uçta versiyasini namoyiş qilişadi.
Gajyetlarning töliq röyxati quyidagiça:
- iPhone 14
- iPhone 14 mini
- iPhone 14 Pro
- iPhone 14 Pro Max
- iPad 10.2 (10-avlod)
- iPad Pro 12.9 (6-avlod)
- iPad Pro 11 (4-avlod)
iPhone 14 smartfonining asosiy versiyasi narxi 799 dollarni taşkil qiladi. Avvalgi avlod smartfoni narxi ham xuddi şunday edi. Taxminlarga köra, kompaniya yangi modelga bölgan talabni yanada kuçaytiriş uçun qurilma narxini oşirmoqçi emas.
Şu bilan birga, Apple yangi smartfonlarning Pro-versiyalari (iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max) narxini kötaradi. Bunga nisbatan kattaroq siğimli fleş-xotira qöyilişi sabab bölgan. iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max modellarining asosiy versiyalari 128 Gb fleş-xotira bilan jihozlangan bölsa, 14-seriyadagi dastlabki Pro-qurilmalar esa 256 Gb xotiraga ega böladi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, yangi iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max mos ravişda 1099 va 1199 dollar turadi. Bu esa avvalgi avlod modellariga nisbatan 10 foiz qimmatroqdir.












