Andijon viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş, eksportni rivojlantiriş, töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, aholi daromadini oşiriş, şuningdek, viloyat iqtisodiyotini yanada yuksaltiriş yölidagi samarali mehnatlari bilan örnak bölayotganligi hamda “Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan bir guruh tadbirkorlar taqdirlandi.
Tadbirda viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etib, 6 nafar tadbirkorga "Faol tadbirkor" kökrak nişonini topşirdi.


Kökrak nişoniga “Oliy standart tex” MÇJ rahbari Muslimbek Abduvosipov, “Asaka tekstil” MÇJ rahbari Xamdambek Abdullayev, Sayyora favvorasi” MÇJ rahbari Botirjon Qodirov, “Nil-granit” MÇJ rahbari Baxtiyorjon Tölqinov, “Skorton tekstil” MÇJ rahbari Azizbek Şaxabaliyev hamda “Liderlar maktabi” NTM rahbari Muhayyo Şodmonaliyevalar munosib körildi.












