16:02 / 21.08.2022
13318

Imkonsiz ona hasrati: “Ikki o‘g‘lim bor – ikkisi ham nogiron”

Onalarning farzandi uchun to‘kkan ko‘zyoshlarini ko‘rish mushkul. Ayniqsa bu yoshlar dardmandlik sabab to‘kilayotgan bo‘lsa. Bu ayollar kunlarini shu bolalar parvarishi bilan, tunlarini esa ularga shifo so‘rash bilan o‘tkazishadi. Ularning eng katta orzulari bolasining darddan forig‘ bo‘lganini ko‘rish.

 

Ikki o‘g‘lim bor – ikkisi ham nogiron

Firdavs til o‘rganishga, turizm sohasida o‘z o‘rnini topishga intilayotgan paytda ahvoli og‘irlashgan. Bir farzandi bemorlikni boshdan kechirayotgan onasi uchun bu ikkinchi sinov edi.

“Ikki farzandim nogiron. Kenja o‘g‘limning oyog‘ida suyak chirishi tufayli uch marta murakkab operatsiyani o‘tkazdi. Hozir yana ikkita operatsiyasi bo‘lishi kerak edi, lekin hammamiz akasi bilan ovora bo‘lib qoldik.

Bir farzandni 17 yoshga kiritib, keyin tuproqqa berib qo‘yishni o‘ylashdan qo‘rqinchli narsa yo‘q. Bolam sog‘ayishi uchun kurashyapman”, - kuyinadi bemorning onasi.

Firdavs Hamdamovga oid ma’lumotlar:

Humo: 9860 1901 1087 1133 onasi Nilufar Ahmadaliyeva nomida

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Navbahor mahallasi 27 uy.

Bu kasalga chalingan hamma bolalarga shifo so‘rayman, o‘zimgayam...

“Bu xabarni eshitganda ustimdan muzday suv to‘kilganday bo‘ldi. O‘zim gepatitdan muntazam davolanib kelardim, bu kasal ham bor ekan.

Shunday og‘irlashgan holatlari bo‘ldiki, jonlantirish bo‘limlarida 20 kunlab yotishiga to‘g‘ri keldi”, - o‘g‘lining sog‘ligidan tashvishlanadi ona.

Shohjahon maktabda a’lo baholarga o‘qigan, lider o‘quvchilardan biri bo‘lgan. U maktabini, do‘stlarini sog‘inganini aytar ekan, ko‘zyoshlarini tiya olmaydi. O‘ziga va o‘zi kabi xasta bolalarga shifo tilayotganini aytadi.

Shohjahon Abdulqosimovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0423 2589 5638 buvisi Zuhra Ortiqova nomida

Humo: 9860 0301 2761 1272 qarindoshi Tonmurod Mamasiddiqov nomida

Manzil: Namangan viloyati, Chortoq tumani, “Bog‘iston” MFY, 10 uy.

Bolam oqqon deyishga ham qo‘rqdim

3 yoshli Sardorbek oqqondan aziyat chekyapti. Dehqonchilik orqasidan kun ko‘radigan namanganlik oila uchun bu kasalning dahshati ham yo‘qchilikda, ham jonidan aziz farzandining azoblarida sezilyapti.

“Bu kunlar boshimizga tushadi deb o‘ylamagandim. O‘g‘limdan ayrilishdan qattiq qo‘rqdim. Bolamning kasalligini uydagilarga, otasiga aytolmay qiynaldim.

Hozir hamma narsamizni sotib uni davolatyapmiz, tuzalishi uchun qo‘limizdan nima kelsa qilyapmiz”, - deydi bolaning onasi Hilola.

Sardorbek Ro‘zimovga oid ma’lumotlar:              

O‘zkard: 6262 5701 7843 6806 qarindoshi O‘tkir Esonboyev nomida

Humo: 9860 6004 3600 1595 onasi Hilola Yodgorova nomida

Manzil: Namangan viloyati, Chust tumani, “G‘ova” QFY.

Ayrim bolalarni kasal bo‘lgani uchun otalari tashlab ham ketishadi...

Uch farzand o‘stirayotgan bu oilaning bir o‘g‘li bir yildan beri oqqondan davolanadi. Toshkentda ijarada turib davolanish uchun imkon yo‘qligidan oila bekasi Dilbar opa bemor o‘g‘li bilan viloyatdan qatnab muolaja olishga majbur bo‘lishmoqda.

“Turmush o‘rtog‘im oddiy ishchi, 2 mln so‘m oylik oladi. Bolamdan xavotir olib tinimsiz telefon qiladi, imkon qadar dori-darmonlarni yetkazishga harakat qiladi. Shunisiga ham shukur qilaman, chunki kasalxonada yotgan ba’zi kasal bolalarning otalari tashlab ketganini ham ko‘rdim”, - yelkasidagi yukni bo‘lishayotgan turmush o‘rtog‘ini alqaydi ayol. Bu yerga qatnash, davolanish uchun uyidagi sigir-buzog‘ini sotib xarjlayotganini aytadi.

Javohir Aliqulovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0609 8746 4865 onasi Dilbar Qarshiyeva nomida

Manzil: Sirdaryo viloyati, Sayhunobod tumani, Nurli yo‘l mahallasi, Niyozboshi ko‘chasi 21 uy.

Olis qishloqlardan kelgan oddiy oilalarning a’zolari yaxshilarning madadiga muhtoj. Bu bolalarning sog‘ayib el qatori yashashlari, boshqa bolalar kabi o‘ynab-kulishlariga sababchi bo‘laylik!

Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Tasvirchi Abdusalim Abduvohidov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top