Albaniyada ikki nafar rossiyalik – bir erkak va bir ayol, şuningdek, Ukraina fuqarosi mamlakatning markaziy qismidagi Gramşi şahrida harbiy zavodga kirişga uringan vaqtda qölga olindi, deb xabar qildi Albaniya Mudofaa vazirligi yakşanba, 21 avgust kuni. «Zavodni qöriqlayotgan askarlar zudlik bilan reaksiya bildirişgan, biroq uç nafar xorijlikni töxtatmoqçi bölganida ikki nafar askarimiz jarohat oldi. Qöriqçilarning ahvoli barqaror», - deyiladi xabarda.
Albaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, 24 yoşli rossiyalik zavodga kirib, suratga olişga uringan. Qoçib ketmoqçi bölganida, u qöriqçilarga qarşi sprey işlatgan, ammo qölga olingan. Uning şeriklari - 33 yoşli rossiyalik ayol va 25 yoşli ukrainalik - zavod yaqinida uşlangan. Har uçala şaxs ham josuslikda gumon qilinmoqda, deyiladi vazirlik axborotida.
Yozgi ta’til paytida Albaniyaga Rossiya va Ukrainadan köplab sayyohlar taşrif buyuradi. «Gramşi» harbiy bazasi esa plyajlardan 70 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Albaniyada kommunistlar hukmronligi davrida Gramşidagi zavod Kalaşnikov avtomatlarini işlab çiqargan. Hozirda, Albaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, uşbu zavod mudofaa sanoatiga işlab çiqariş xizmatlarini körsatadi. Xizmatlar aynan nimadan iborat ekaniga aniqlik kiritilmagan.












