20 avgustda bakalavriatga kiriş imtihonlari yakunlandi. Mandat 27 avgustda e’lon qilinişi kutilmoqda. Ungaça esa barça talabgorlar kirgan yoki kirmaganliklarini natijalariga qarab, taxmin qilayotgan bölişi tabiiy.

Xöş, bu jarayonda minimal ötiş balli qançalik rol öynaydi, uning super-kontraktga ta’siri bormi? Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev öz kanalida şu haqda ma’lumot berdi.

Minimal ötiş balli qançalik muhim?

Özbekistonda uzoq yillardan beri OTMga kirişdagi minimal ötiş balli maksimal ballning ma’lum foizlardagi qismi bilan baholanadi. Hozirda:

  • davlat grantining minimal ötiş balli 68,0 ball (ya’ni eng yuqori ötiş balli 189,0 ning 36 foizi);
  • tölov-kontraktning minimal ötiş balli 56,7 ball (ya’ni eng yuqori ötiş balli 189,0 ning 30 foizi) etib belgilangan.

Har yili test sinovlarida minimum ball çegarasi qöyiladi. Bu bilan abituriyentlar bilimi orqali nafaqat boşqa talabgorlar bilan, balki özi bilan ham kuraşişiga töğri keladi. Ya’ni abituriyent talabalikka tavsiya etilişi uçun 2 ta şartni bajarişi kerak:

  1. Natijalarni minimum ötiş ballidan oşirişi;
  2. topşirgan yönalişi doirasidagi qabul kvotaga kirişi lozim.

Deylik, abituriyent 56,7 emas, 56 ball yiğgan, ammo u 100 ta kvotalik yönalişda 95-bölib turibdi. Bir olib qaraganda, abituriyent öqişga kirdim deb öylaydi, biroq minimum ball töplamagani uçun u talabalikka tavsiya etilmaydi.

Bu hol davlat granti bilan ham xuddi şunday keçadi. Ya’ni kvotada joy böla turib, abituriyent yuqori örinda turgan bölsa, lekin uning yiğgan balli 68 dan past bölsa, bu vaziyatda u davlat grantiga tavsiya etilmaydi.

Umuman olganda, minimum ötiş balli abituriyentning talaba böliş yoki bölmasligini, qolaversa, davlat budjetida öqişi yoki öqimasligini hal qiladi.

Minimal ötiş balli super-kontraktga ta’sir qiladimi?

Tabaqalaşgan tölov-kontrakt (xalq tilida “super-kontrakt”)ning 3 xil darajasi bor.