Davlat rahbari Rossiyaning Ulyanovsk oblasti hududida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida Qirğiziston fuqarolarining nobud bölgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Sadir Japarovga hamdardlik bildirgan.
“Qardoş Qirğiziston xalqiga çuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari halok bölganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik sözlarini yetkazişni söradi, jabrlanganlar şifo topişini tiladi”, deyiladi xabarda.
Ulyanovsk oblastida 21 avgust, yakşanba kuni mikroavtobus va ikkita yuk maşinasi töqnaşib ketdi. Nikolayevskiy tumanining Nikolayevka qişloği yaqinida M-5 Ural yölida yöl-transport hodisasi sodir böldi, deb xabar berdi viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot xizmati.
IIV oblast boşqarmasi xabariga köra, yuk maşinalaridan birining haydovçisi öz vaqtida tezligini pasaytirmagan va mikroavtobusga borib urilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, YTH oqibatida 16 kişi halok bölgan, deb xabar berildi Ulyanovsk oblasti hukumati saytida. Tergovçilar mazkur holat yuzasidan “Yöl harakati va transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş” moddasi böyiça jinoyat işi qözğatdi.
Ulyanovsk oblasti gubernatori Aleksey Russkixning sözlariga köra, YTHda jabrlanganlarning uç nafari oğir ahvolda, Nikolayev tumani şifoxonasi şifokorlari ularning hayoti uçun kuraşmoqda.












