Ulyanovsk oblastida 21 avgust, yakşanba kuni mikroavtobus va ikkita yuk maşinasi töqnaşib ketdi. Nikolayevskiy tumanining Nikolayevka qişloği yaqinida M-5 Ural yölida yöl-transport hodisasi sodir böldi, deb xabar berdi viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot xizmati. IIV oblast boşqarmasi xabariga köra, yuk maşinalaridan birining haydovçisi öz vaqtida tezligini pasaytirmagan va mikroavtobusga borib urilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, YTH oqibatida 16 kişi halok bölgan, deb xabar berildi Ulyanovsk oblasti hukumati saytida. Tergovçilar mazkur holat yuzasidan «Yöl harakati va transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş» moddasi böyiça jinoyat işi qözğatdi.
Ulyanovsk oblasti gubernatori Aleksey Russkixning sözlariga köra, YTHda jabrlanganlarning uç nafari oğir ahvolda, Nikolayev tumani şifoxonasi şifokorlari ularning hayoti uçun kuraşmoqda. «Barça zarur tibbiy yordam körsatilmoqda. Biz bemorlarni Ulyanovsk şahrida joylaşgan viloyat ixtisoslaştirilgan travmatologiya markaziga ötkaziş uçun tayyorlayapmiz», deb yozdi viloyat rahbari özining Telegram-kanalida.












