“2022–2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

AKT sohasini 2022-2023 yillarda yanada rivojlantiriş asosiy vazifalari belgilandi. 

2022 yil yakunigaça aholi yaşaş maskanlarini mobil aloqa tarmoği bilan qamrab oliş darajasi 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yöllarida mobil internet qamrovi 60 foizga yetkaziladi. 40 ming km optik tolali aloqa liniyalarini quriş orqali qamrov 80 foizga yetkaziladi. Elektron davlat xizmatlari körsatilişiga xususiy sektorni jalb qiliş orqali foydalanuvçilar soni 2 barobarga yetkaziladi;

2023 yil yakunigaça raqamli texnologiyalar sohasida yiliga 6,5 ming nafardan ortiq yoşlar axborot texnologiyalari yönalişida ta’lim olişi yölga qöyiladi. Davlat organlari, mahalliy hokimlik organlarida hamda iqtisodiyot real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda 214 ta axborot tizimi va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.

1 sentabrdan respublika barça hududlarida AKTni qöllaş orqali masofaviy xizmatlarni eksport qiliş markazlari bosqiçma-bosqiç taşkil etiladi. 1 yanvardan tegişli davlat organlari (24 ta) sayti va portallarini “Yagona darça” tamoyili asosida öz içiga oluvçi hukumat portali yagona platformasi işga tuşiriladi.