«2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror qabul qilindi.

2023 yildan boşlab har yili yoşlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida AKTni rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan umumiy mukofot jamğarmasi 1 mln dollar bölgan Prezident sovrini uçun tanlov ötkaziladi.

Hujjatga köra, 1 sentabrdan boşlab respublika barça hududlarida AKTni qöllaş orqali masofaviy xizmatlarni eksport qiliş markazlari bosqiçma-bosqiç taşkil etiladi.

1 oktyabrdan AKT sohasida IT-ta’lim xizmatlarini körsatiş, dasturiy mahsulotlar işlab çiqiş hamda eksportga yönaltiriş böyiça startap loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun Yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan ötkaziladigan tanlov asosida 1 mlrd sömgaça bölgan grantlar ajratiş tartibi joriy qilinadi.