23 avgust kuni Milliy gvardiya qömondoni general-mayor Rustam Jörayevning kongressmen Trent Kelli va Darin Laxud boşçiligidagi AQŞ Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasi bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Muloqot davomida Özbekiston Milliy gvardiyasining AQŞ tomoni bilan harbiy hamkorligi, AQŞ Missisipi ştati Milliy gvardiyasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiriş muhokama qilindi.
Şu yil mart oyida AQŞning Missisipi ştati Milliy gvardiyasi qömondoni general-mayor J.Boylzning Özbekistonga taşrifi davomida Özbekiston Milliy gvardiyasi qömondoni general-mayor R.Jörayev bilan uçraşuvi bölib ötgan edi.
Özaro manfaatli hamkorlik doirasida şu kunga qadar bir qator öquvlar va amaliy treninglar muvaffaqiyatli ötkazilgani, Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari AQŞ mutaxassislari iştirokidagi öquv kurslari va seminarlarda malaka oşirgani ta’kidlab ötildi.
Uçraşuv davomida jamoat tartibini saqlaş, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar oldini oliş, harbiy kadrlarni tayyorlaş sohalarida özaro hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.












