Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FXX) rossiyalik mafkuraçi Aleksandr Duginning qizi jurnalist Darya Duginaning öldirilişi bilan boğliq iş foş qilinganini bildirdi. 

«Jinoyat Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlangan va amalga oşirilgan», - deyiladi FXX jamoatçilik bilan aloqalar markazi xabarida. 

Rossiya maxsus xizmatining ta’kidlaşiça, jinoyatni Ukraina fuqarosi Natalya Vovk amalga oşirgan. Göyoki u 23 iyul kuni voyaga yetmagan qizi bilan Rossiyaga kelgan va qotillikni amalga oşirganidan söng Pskov oblasti orqali Estoniyaga çiqib ketgan.

Vovk Dugina haqida ma’lumot yiğiş va uni öldirişga tayyorgarlik köriş uçun jurnalist qiz yaşagan köpqavatli uyga joylaşgan, deyiladi FXX xabarida. U göyoki Rossiyaga "DXR" davlat raqami bölgan avtomobilda kirgan, Rossiyani Ukraina davlat raqami yopiştirilgan maşinada tark etgan. 

Avvalroq Kiyev Ukrainaning uşbu jinoyatga aloqadorligini rad etgandi.

«Ta’kidlayman, albatta, Ukrainaning bunga heç qanday aloqasi yöq», — degandi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak.

Dugina 20 avgust kuni keçqurun Moskva viloyatida avtomobili portlaşi oqibatida vafot etdi. Tergov ma’lumotlariga köra, avtomobilning haydovçi tomon ostiga portlovçi moslama örnatilgan. Voqea böyiça Tergov qömitasi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (umumjamiyat uçun xavfli tarzda sodir etilgan qotillik) böyiça jinoyat işi oçilgan.

Aleksandr Dugin va uning qizi Darya Moskva viloyatining Zaxarovo qişloğidagi «Traditsiya» festivaliga borişgan. Ular Moskvaga birga qaytişni rejalaştirişgan, ammo sönggi lahzada Dugin boşqa avtomobilga ötirgan. Bu esa uning hayotini saqlab qolgan. Festivaldan qaytişda Darya halok bölgan.

Tergov qömitasi Duginaning öldirilişi buyurtma asosida bajarilgan deb hisoblamoqda. Katta ehtimol bilan asosiy nişon Darya emas, balki uning otasi bölgan.

Aleksandr Dugin faylasuf va konservativ publitsist, «Rus dunyosi» va neoyevrosiyo mafkurasining tarğibotçilaridan biri sifatida tanilgan. U Rossiyaning qöşni davlatlar ustidan hukmronlik qilişi kerakligi, AQŞ va NATO ta’siriga qarşi turişi lozimligi haqidagi ğoyalar tarafdori hisoblanadi. Dugin köp yillar davomida Moskvani jahon sahnasida yanada tajovuzkor bölişga çaqirib kelgan.