Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda biometrik ma’lumotlar asosida inson yuzini tanish tizimi ishga tushiriladi
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 69-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada deputatlar IIV Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi Shavkat Fayziyevning «Biometrik ma’lumotlarga asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilish tizimi loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi axborotini muhokama qildi.
Mutasaddi ta’kidlashicha, aholi salomatligi va jamoat tartibini saqlashda, huquqbuzarliklar oldini olishda, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda ushbu tizim ahamiyati katta. Biometrik ma’lumotlarga asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilish kompleks tizimi yaratilmoqda.
Qayd etilishicha, tizim ishga tushirilishi orqali jamiyatda ko‘plab muammolarga yechim topiladi.
Ilg‘or texnologiyalar asosida xavfsizlik ta’minlanadi, ijtimoiy obektlar, jamoat joylarida nazorat va tezkor axborot tizimi takomillashtiriladi, biometrik ma’lumotlar bazasiga asoslangan nazoratni kuchaytirish mexanizmi joriy etiladi, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga erishiladi.
Tizim aholi salomatligini ta’minlash, virusli, yuqumli kasalliklar tarqalishi, jinoyatchilik va terrorizm kabi xavf-xatarlar oldini olish yo‘nalishidagi ishlarga katta yordam bo‘lishi aytilgan.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026