BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi yaqin kunlarda Rossiya tomonidan bosib olingan Mariupolda ukrainalik harbiy asirlar ustidan sud jarayoni boşlanişi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda 23 avgust, seşanba kuni Jyenevada idoraning rasmiy vakili Ravina Şamdasani Mariupol filarmoniyasi binosida qurilgan temir qafaslar aks etgan fotosuratlar va videolarga tayangan holda ma’lum qildi.
BMT IHOKB harbiy asirlar qiynoqqa solingani va ölim jazosi çiqarilişi mumkinligi haqida ma’lumotga ega. «Xalqaro gumanitar huquq faqat harbiy asirlar uçun sudlar taşkil etişni va harbiy asirni adolatli va tegişli sud jarayonidan qasddan mahrum etişni taqiqlaşini eslatib ötamiz, bu - harbiy jinoyatdir», deya Şamdasanining sözlarini keltirgan dpa agentligi. Uning eslatişiça, xalqaro huquqqa köra, harbiy asirlar harbiy harakatlarda qatnaşganlikda ayblanib sudlanişi mumkin emas. Şamdasaniyning sözlariga köra, IHOKB asirlar bilan körişişni söragan.
22 avgust kuni özini «Donetsk xalq respublikasi» deb e’lon qilgan hudud «rahbari» Denis Puşilin yoz oxirigaça Mariupolda ukrainalik harbiy asirlar ustidan «tribunal» ötkaziş niyatini yana bir bor tasdiqladi. «Azov» jinoyatlarining 80 ta epizodi böyiça materiallar töliq tayyor, 23 kişi allaqaçon hibsga olingan va boşqa joylarda saqlanmoqda», — dedi u «Rossiya 24» telekanali efirida.
Bir kun avval Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Azovstal»ning qölga olingan himoyaçilari ustidan namoyişkorona «sud» ötkazilsa, Kreml bilan qandaydir muzokara olib boriş imkonsiz bölişini aytdi.













