Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yöllar böyida Box Parking xizmat körsatiş obektlarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilişiça, Box Parking obekt (loyiha)lari konteynerlardan taşkil etiladigan majmualar bölib, taşkil etiş (quriş) işlari qisqa fursatda bajarilişi va tun-u kun, 24 soat umumiy ovqatlaniş, maişiy xizmat faoliyatini körsatiş, avtomobillar töxtaş joyi, yuviniş xonasi, umumiy hojatxona, birinçi tibbiy yordam körsatiş punkti, savdo dökoni va boşqa xizmatlarni öz içiga oladi.

Yangihayot tumanidan ötgan Toşkent aylanma yöli böyida Box Parking xizmat körsatiş yöl böyi obekti barpo etilib, foydalanişga topşirilgan hamda Toşkent viloyatida Toşkent-Çinoz yönalişi (M39 avtomobil trassasi 860-kilometri)da 8 ta konteynerdan iborat xizmat körsatiş obektini quriş işlarini boşlagan.

Toşkent viloyati Toşkent-Çinoz, Toşkent-Böstonliq va Toşkent-Olmaliq avtomobil yöllari yoqasida xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy Box Parking xizmat körsatiş yöl böyi obektlarini joylaştiriş imkoniyati aniqlangan.

Toşkent viloyati Toşkent-Çinoz, Toşkent-Böstonliq va Toşkent-Olmaliq avtomobil yöllari yoqasida konteynerlardan iborat zamonaviy Box Parking xizmat körsatiş yöl böyi obektlarini taşkil etiş loyihalari taklifiga rozilik beriladi.

Belgilanişiça:

  • respublika xalqaro yöllari (A-380, A-378, A-376, A-373, M-39, M-37, M-34) böyida böş yer maydonlari xatlovdan ötkazilgan holda ular avtotransport yönalişlari faoliyatiga ta’sir qilmaydigan qismi Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari zaxirasiga ötkaziladi;
  • Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyat va tuman hokimliklari, Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Avtomobil yöllari qömitasi bilan birgalikda xalqaro yöllar böyida Box Parking xizmat körsatiş obektlarini joylaştiriş manzil (dislokatsiya)larini aniqlaydi hamda belgilangan tartibda aniqlangan yer maydonlarni hokimliklar zaxirasiga oladi;
  • auksion savdolarida ğolib deb topilgan taşabbuskorlarga yer maydonlarida Box Parking xizmat körsatiş obektlari barpo etişga ruxsat beriladi;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Quriliş vazirligi, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xalqaro yöllar böyida Box Parking loyihalariga ruxsat beriladigan faoliyat turlari röyxatini tasdiqlaydi.