Viloyat hokimi farmoyişiga köra, iş faoliyati davomida «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari ajratiş orqali aholining uy-joy bilan ta’minlaşga oid qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni ijrosini belgilangan muddatda ta’minlamasdan mas’uliyatsizlikka yöl qöygani, uy-joy sotib oliş uçun ijobiy xulosa olgan 92 nafar fuqaroga amaliy yordam bermagani, avgust oyida subsidiya ajratiş muddati ötib ketişiga yöl qöygani uçun, Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan:
- Urganç şahar hokimi Xolboyev Oybek Madaminoviçga;
- Xiva şahar hokimi Davletov Temur Ismoiloviçga;
- Boğot tumani hokimi Yaxşibayev Şavkat Qurambayeviçga;
- Hazorasp tumani hokimi Maşaripov Öktam Rustamoviçga;
- Urganç tumani hokimi Şaripov Frunze Ilxomoviçga;
- Tuproqqal’a tumani hokimi Salayev Alişer Rözmetoviçga;
- Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvçi Davletov Anvar
Kenjayeviçga hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllandi.
Şuningdek, iş faoliyati davomida öz vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondaşib, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagani uçun Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari-viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği Açilov Murodjon Azamatoviçga ham hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllandi.












