Yevroittifoqning Rossiya bilan çegaradoş mamlakatlari öz hududlariga rossiyalik turistlarning kirişini taqiqlaşi mumkin. Litva taşqi işlar vaziri Gabrielyus Landsbergis Estoniya, Latviya, Litva, Polşa va Finlandiyaning ana şunday rejasi töğrisida ma’lum qildi.

"Men bu mamlakatlar vazirlari bilan gaplaşdim. Bu borada kelişmovçiliklarni körmayapman", - dedi u.

Şuningdek, Latviya taşqi işlar vaziri 29 avgust kuni bu mamlakatlardagi hamkasblari bilan mintaqaviy viza taqiqini muhokama qilmoqçiligini aytdi. 

"Yevropa ittifoqida rossiyalik turistlar bölmasligi kerak. Ularning mamlakati genotsidni amalga oşirmoqda", - deb ta’kidladi Landsbergis.

29 avgust kuni Yevroittifoq mamlakatlari taşqi işlar vazirlari Rossiya fuqarolariga Şengen vizasi berişni taqiqlaş masalasini muhokama qiladi. Bu borada asosiy taşabbuskorlar Rossiya bilan çegaradoş davlatlardir. 

Germaniya kansleri va Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel rossiyaliklarga viza berilişi taqiqlanişiga qarşi çiqmoqda.