Töqin-soçinlik, isrofgarçilik davri tugadi, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hukumat yiğilişida.
«Global isiş oqibatlari borgan sari kuçliroq sezilmoqda. Bu yilgi qurğoqçilik rekord darajaga yetdi», - dedi Makron.
«Biz yillar davomida arzon, bitmas-tuganmas oziq-ovqatlar, yer, xomaşyo, suv tökin-soçinligi deb atalgan davrning oxiridamiz», - deya qöşimça qildi u.
Makronning fikriça, Fransiya va Yevropa uçun yangi davr boşlandi.
Fransiya prezidenti hukumatni tegişli çoralar körişga, huşyor bölişga va zimmasidagi majburiyatni bajarişga çaqirdi.












